All

Toshkent shahrida yana bir yangi oilaviy mehmon uyi ochildi

Yaqinda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida navbatdagi shinam oilaviy mehmon uyi ochidi. Tumanning 1-Katta Mirobod tor koʻchasi, 5-7-uyda joylashgan mazkur xizmat koʻrsatish binosi “HOTEL AKSARAY” OK tomonidan tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

15:06 26 Iyun 2020
Muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan “Sijjak” oromgohi xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Sijjak” mavzesi, Sarbogʻ mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan “Sijjak” dam olish oromgohini ommaviy savdolar orqali, shaffoflik prinsipi asosida sotadi.

14:48 26 Iyun 2020
“Yashil” hududlarga sport qaytmoqda: qator futbol musobaqalari tashkil etiladi

Mini-futbol boʻyicha “Futbolimiz kelajagi” musobaqasida yurtimiz mahallalarida istiqomat qiluvchi 9-12 yoshli bolalar toʻrtta yosh toifasida (9, 10, 11 va 12) gʻoliblik uchun bahs olib borsa, 13-14 yoshli oʻsmirlar esa “Mahallada futbol” musobaqasida oʻz omadlarini sinab koʻrishadi. Bunda musobaqalar ikkita yosh...

14:45 26 Iyun 2020
“Oʻzbekneftgaz” va Sergeli tuman hokimligi xodimida koronavirus aniqlandi

Kecha, 25-iyun kuni Toshkent shahrida aholi orasida infeksiya yuqtirgan bemorlarning shaxsi va joyi haqida maʼlumot:

14:42 26 Iyun 2020
630 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari yoʻq qilindi

Shu jumladan, 4 kg 96 gramm geroin, 127 kg opiy, 25 kg gashish, 266 kg marixuana, 105 kg koʻknor, 97 kg kannabis, 1 kg 543 gramm sintetik narkotik vositalari hamda turli xildagi psixotrop va psixofaol moddalar yoʻq qilindi.

14:39 26 Iyun 2020
Orolboʻyida gʻoʻza maydonlarini tomchilatib sugʻorish uchun 2 milliard 240 million soʻmlik subsidiya yoʻnaltirildi.

Amudaryo tumanida gʻoʻzani tomchilatib sugʻorishda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanilmoqda. Mazkur usul ayniqsa Orolboʻyida qoʻl kelayotgani mahalliy fermerlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.

14:32 26 Iyun 2020
Samarqandda 78 ming 633 gektar gʻalladan boʻshagan yer maydoniga takroriy ekin ekiladi

Samarqand viloyatida mavjud 101 ming 230 gektar yer maydonida yetishtirilgan gʻallani nest-nobud qilmasdan oʻrib-yigʻib olish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Pandemiya asoratlarini bartaraf etish yuzasidan aholini oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida, gʻalladan boʻshagan maydonlar peshma-pesh shudgorlanib, takroriy...

14:29 26 Iyun 2020
Ertaga ob-havo qanday bo'ladi?

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 27-29° bo‘ladi.

13:33 26 Iyun 2020
Universitet talabasi Telegramdagi firibgarlik orqasidan qoʻlga tushdi

Gumonlanuvchi Jasur O. oʻzining sodir qilgan jinoyatini yashirish maqsadida, qoʻlga kiritilgan pullarni konvertatsiya ilovalaridan foydalangan holda Qozogʻiston Respublikasining turli raqamlariga roʻyxatga olingan “Qiwi” hamyonlariga elektron valyutani ayriboshlovchilar yordamida joʻnatganligi, shundan soʻng ushbu pullarni 1Xbet, Melbet bukmeykerlikka asoslangan faoliyatlar orqali Oʻzbekiston...

13:32 26 Iyun 2020
“Folksvagen” yengil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellari ishlab chiqariladi

“Oʻzbekiston Respublikasida “Folksvagen” yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

13:22 26 Iyun 2020
Ikki qardosh xalq orasiga hech kim nizo sololmaydi

Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mutasaddilarining safari davom etmoqda. Ular Qirgʻiziston Respublikasiga qilgan safari chogʻida Chashma qishlogʻi aholisi bilan uchrashib, maʼrifiy suhbat oʻtkazdilar. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita Matbuot xizmati xabar berdi.

12:40 26 Iyun 2020
Yangi iPhoneʻlar quloqchinsiz va quvvat adapterisiz chiqarilishi mumkin

“Tishlangan olma” yangi avlodlarining qutisida faqatgina iPhone va USB-C – Lightning tipidagi kabel boʻladi. Simli quloqchin – EarPods va quvvat adapteri iPhone 12 smartfonlar komplektidan chiqarib tashlandi.

12:23 26 Iyun 2020
Nurmagomedovning Getjiga qarshi jang sanasi maʼlum qilindi

Menejerning soʻzlariga koʻra, mazkur bellashuv shu yil 19-sentyabr kuni Abu-Dabida shahrida tashkil etiladigan UFC 253 turniri doirasida oʻtkaziladi. Shunday qilib Nurmagomedov uchinchi marta chempionlik kamarini himoya qiladi.

12:10 26 Iyun 2020
Yoʻlda ketayotgan avtomashinani toʻxtatib, talonchilik qilgan shaxslar ushlandi

2020-yilning 23-iyun kuni soat 23:45 da 22 yoshli S.A., boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida “Qoʻqon-Buvayda” avtomobil yoʻli boʻylab harakatlanib, Uchkoʻprik tumani Kaltatoy qishlogʻi hududiga yetib kelgan vaqtida, nomaʼlum shaxslar kul rangli “Nexia-1” rusumli avtomashina bilan toʻxtatib, avtomashinasi salonida boʻlgan 36.700.000 soʻm...

11:53 26 Iyun 2020
Gulistondagi oʻquv markazida yongʻin kelib chiqdi. Oʻt oʻchiruvchilar yuzdan ortiq oʻquvchini qutqardi 

Joriy yilning 25-iyun kuni soat 14:07 da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahar “Namuna” mahallasi Sayxun koʻchasi 17-uyda joylashgan Ideal Study nodavlat taʼlim muassasasida yongʻin kelib chiqqani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

11:46 26 Iyun 2020
Islohotlar natijasida faoliyat shaffofligi taʼminlanmoqda

Birgina 2019-yilda Jamoat fondi tomonidan NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlariga 321 ta loyihani amalga oshirishlari uchun davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalar va subsidiyalar shaklida 37 mlrd. 817 mln. soʻmlik davlat koʻmagi koʻrsatildi.

11:38 26 Iyun 2020
A.Haitov:Davlat resurslari uchun donni xarid qilish narxlari tasdiqlandi

Xalqimizda “Birniki – mingga, mingniki – tumanga” degan hikmat bor. Fermer boy boʻlsa, davlat ham boy boʻladi. Fermerlarga berilgan imtiyozlar tufayli bugun dehqon buyruq kutib oʻtirmaydi. Nimani, qachon ekishni va qanday parvarish qilishni oʻzi yaxshi biladi va shunga qarab ish...

11:30 26 Iyun 2020
Koronavirusni 25 sekundda yoʻq qilish usuli topildi

AQSHning Boston universiteti yuqumli kasalliklar milliy laboratoriyasi olimlari Signify kompaniyasi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasini 25 soniyada yoʻq qilishning yangi uslubini aniqlashdi. Bu haqda «Rossiyskaya gazeta» manbasi xabar berdi.

11:24 26 Iyun 2020
Namanganda yoshlar tomonidan sodir etilgan narkojinoyatlar soni 10 tadan 20 taga oshgan

Afsuski, Namangan viloyatida yoshlar tomonidan sodir etilgan narkojinoyatlar soni 10 tadan 20 taga oshgani kuzatildi.

11:11 26 Iyun 2020
Bodikamerasiz YPX xodimi yetarlicha bilim va maʼlumotga ega emasligi sababli haydovchiga notoʻgʻri eʼtiroz qilgan

YPX xodimi yetarlicha bilim va maʼlumotga ega emasligi sababli haydovchiga notoʻgʻri eʼtiroz qilgan. Shuningdek, YPX xodimi B.Izbosarov bodikamerasiz haydovchi bilan muloqotga kirishgan.

10:57 26 Iyun 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер