Yangi iPhoneʻlar quloqchinsiz va quvvat adapterisiz chiqarilishi mumkin

12:23 26 Iyun 2020 Dunyo
1150 0

“Tishlangan olma” yangi avlodlarining qutisida faqatgina iPhone va USB-C – Lightning tipidagi kabel boʻladi. Simli quloqchin – EarPods va quvvat adapteri iPhone 12 smartfonlar komplektidan chiqarib tashlandi.

Xabarda aytilishicha, kompaniya yangi mahsulotlar taqdimotini anʼanaga koʻra, sentyabrda oʻtkazadi. Ammo ayrim modellarga faqatgina oktyabr va noyabrdagina buyurtma berish mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun

Apple bu yil 5G texnologiyasiga ega, OLED ekranli 12-avlod smartfonlarini yaratishni reja qilmoqda. Gap-soʻzlarga qaraganda, ular iPhone 12 va iPhone 12 Pro, deb ataladi. Ulardan har biri ikkitadan katta hajmli (ekran diagonali 6,1 dyuym va 6,7 dyuymli boʻlgan) modelda taqdim qilinadi.

Yangi texnikalar iPhone 11, iPhone 11 Proga qoʻyilgan A13 Bionic bilan emas, balki yana-da yaxshi A14 Bionic protsessorlari bilan taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер