All

Oʻzbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi 10-iyuldan “qizil” boʻladi

Koronavirusga qarshi maxsus komissiyaning qarori, karantin chora tadbirlarini kuchaytirish mavzusi yuzasida brifing boʻlib oʻtmoqda.

15:46 08 Iyul 2020
Xalq uchun bu juda qiyin boʻladi, 20 kun chidab bersak ham katta gap deyishdi - Oqilov Maxsus komissiya qarori haqida

Koronavirusga qarshi kurash shtab aʼzosi Habibulla Oqilov soʻnggi maʼlumotlarni ochiqladi.

15:35 08 Iyul 2020
Kasallar soni bugungi miqdordan ikki-uch barobar koʻp boʻlishi mumkin - SSV oʻrinbosari

Koronavirusga qarshi kurash shtab aʼzosi Habibulla Oqilov koronavirusga chalingan bemorlar haqidagi statistik maʼlumotlarga toʻxtalib oʻtdi .

15:21 08 Iyul 2020
Endi Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga ishlovchilarning kirib chiqishiga ham ruxsat berilmaydi

IIV matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga ishlovchilarning kirib chiqishiga ham ruxsat berilmasligini aytdi.

15:07 08 Iyul 2020
SSV: Oʻzbekistonda barcha shifokorlar koronavirusni davolashga jalb etildi va mutaxassislar qolmadi

Koronavirusga qarshi kurash shtab aʼzosi Habibulla Oqilov soʻnggi maʼlumotlarni ochiqladi.

14:56 08 Iyul 2020
"Xalq yana koʻtarildi. Vaziyat jiddiy!” nomli videolavhaga munosabat bildirildi

Denov tumani hokimligi axborot xizmati 2020-yilning 7-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xalq yana koʻtarildi. Vaziyat jiddiy!” sarlavhali videolavhaga rasmiy munosabat bildirdi.

14:18 08 Iyul 2020
Bogʻchalar faoliyati toʻxtatiladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan 1-avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi obyektlar faoliyati toʻxtatildi:

13:14 08 Iyul 2020
Sanoat va yirik qurilish obyektlari toʻliq karantinga olinadi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan sanoat va yirik qurilish obyektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:

13:04 08 Iyul 2020
1-avgustgacha ayrim obyektlar faoliyati toʻxtatiladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan 1-avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi obyektlar faoliyati toʻxtatildi:

12:52 08 Iyul 2020
10-iyuldan avtomobillar harakatiga cheklov oʻrnatiladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori rasman eʼlon qilindi.

12:46 08 Iyul 2020
Karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartirildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori rasman eʼlon qilindi.

12:39 08 Iyul 2020
Oʻzbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi kutilmoqda. Hududlar oʻrtasida harakat, ommaviy tadbirlar, bozorlar faoliyati taʼqiqlanishi mumkin

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga keng qamrovli chora- tadbirlar samaradorligini yana-da oshirish maqsadida karantin cheklovlari kuchaytiriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarori hali rasman eʼlon qilinmadi.

12:32 08 Iyul 2020
“Halol oziq-ovqatga oid masalalar” texnik qoʻmitasi tomonidan yangi standart ishlab chiqildi

Bugungi zamonaviy oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarini qayta ishlash va ishlab chiqarish jarayonida koʻplab kimyoviy moddalar va qoʻshimchalardan foydalanilayotganligi, mahsulot yorligʻida koʻrsatilgan oziq-ovqat qoʻshimchasining shubhali yoki shubhali emasligi va ularning standart talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida SMIIC tashkiloti tomonidan “OIC / SMIIC 24:...

12:24 08 Iyul 2020
Pokiston Sogʻliqni saqlash vazirida ham koronavirus aniqlandi

Menda koronavirusning yengil alomatlari sezilmoqda. Iltimos, meni duolaringizda unutmang” deb yozadi Zafar Mirza.

10:50 08 Iyul 2020
Hali karantin tugamadi. Lekin banklar kredit qarzlarini toʻlashni soʻrashmoqda, shu toʻgʻrimi? 

Banklar koronavirus pandemiyasi oqibatida jismoniy shaxslarning kredit toʻlovlari bilan bogʻliq risklarni puxta oʻrganib chiqish asosida ularning toʻlov muddatini tomonlar kelishuviga koʻra, joriy yil 1-oktyabrga qadar uzaytirish amaliyotini qoʻllashmoqda.

10:42 08 Iyul 2020
Qozogʻistonda bir kechada 1376 kishida koronavirus aniqlandi

Mamlakatdagi bemorlarning umumiy soni 51 059 kishini tashkil qilmoqda.

10:34 08 Iyul 2020
Tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi vafot etdi

Joriy yilning 7-iyul kuni soat 05:25 larda, Buxoro viloyati hududidan oʻtgan A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 345-kilometrida tez tibbiy yordam haydovchisi 1988-y.t. Ye.P. “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib ehtiyotsizligi oqibatida yoʻl chetida toʻxtab turgan haydovchi 1970-y.t. A.S. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli...

10:27 08 Iyul 2020
Qashqadaryo va Namanganda 168 kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 8-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 (+168) nafarni tashkil etmoqda.

09:57 08 Iyul 2020
Alisher Shodmonov Toshkentdagi virus oʻchoqlarini ochiqladi

Oxirgi 14 kunda koronavirus boʻyicha aniqlangan holatlarning 52 foizi chet eldan kelgan fuqarolarda, 48 foizi esa mamlakat aholi orasida aniqlangan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmonovning Oʻzbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

09:39 08 Iyul 2020
JSST Xitoy va Moʻgʻulistonda tarqala boshlagan qora oʻlat boʻyicha izoh berdi

Rasmiylarga koʻra, barcha zarur choralar koʻrilgan, tashvishlanishga asos yoʻq.

02:22 08 Iyul 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер