All

Oʻzbekiston xalqaro TIMSS tadqiqotida rasman qatnashishga kirishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini Oʻzbekistonda joriy etilishi belgilab qoʻyilgan boʻlib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat...

11:35 16 Iyul 2020
Abdulaziz Kamilov Toshkentda Vengriya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2020-yilning 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

11:31 16 Iyul 2020
200 va 500 soʻmlik banknotlarni tijorat banklarida almashtirib olish muddati uzaytirildi. Uning muomaladan chiqarilishiga nima asos boʻldi?

50, 100, 200 va 500 soʻmlik pul belgilarini muomaladan chiqarish muddatlari 2018-yil 19-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi...

11:26 16 Iyul 2020
DXX korrupsiya bilan bogʻliq bir nechta holatlarga chek qoʻydi

Shuningdek, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dotsenti oʻzining vositachisi boʻlgan jinoiy sherigi bilan birgalikda mahalliy fuqaroni ushbu oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kiritib qoʻyish uchun 10 ming...

11:14 16 Iyul 2020
Dunyoning yetakchi “aql markazi” Eldor Tulyakovning "COVID-19: actions taken in Uzbekistan" nomli maqolasini eʼlon qildi

Yil boshidan buyon dunyo hamjamiyatini tashvishga solgan COVID-19 muammosi hanuzgacha oʻz dolzarbligini yoʻqotganicha yoʻq. Soat sayin oshayotgan qurbonlar sonini kamaytirish ustida har bir davlat tizimli chora-tadbirlarni qamrab olgan oʻz strategiyasini ishlab chiqmoqda. Ushbu islohotlarning qanchalik oʻzini oqlagani yoki aksincha boʻlganini...

11:07 16 Iyul 2020
Vengriya tashqi ishlar vaziri Toshkentga keldi

Tashqi ishlar, investitsiya va tashqi savdo, energetika, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklarida va boshqa idoralarda ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish Vengriya tomoni dasturidan oʻrin olgan.

10:56 16 Iyul 2020
Bosh prokuror: 1700 dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirildi

Eng asosiy topshiriqlardan biri shu boʻldiki, tibbiy dori-darmonlarga, tibbiyot vositalariga boʻlgan ehtiyojni toʻlaqonli qondirishga alohida eʼtibor qaratildi. Bu borada kechaning oʻzida prokuratura organlari tomonidan Toshkent shahridagi mavjud 1700dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirildi.

10:51 16 Iyul 2020
Karantin davrida aholiga gaz ballonlari qanday yetkazib berilyapti? 

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon HUSANOV/Andijon. Respublikamizda hukm surayotgan karantin holati hammamizni xushyor boʻlishga chorlamoqda. Koronavirus bilan betoblanganlar soni haqidagi raqamlar bilan tanishgan har qanday kishi hamma narsadan xavfsirashi tabiiy xol. Masalan, xonadonimizga yetkazib berilayotgan gaz ballonlaridan virus yuqishi mumkinmi?

10:42 16 Iyul 2020
Togʻ va togʻ oldi hududlarida aerovizual kuzatuv ishlari amalga oshirildi

Aerovizual kuzatuv ishlari davomida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani togʻ va togʻ oldi hududlaridagi Pskom, Oygaing daryolari basseynida gidrometeorologik va geologik xavfi mavjud uchastkalar holatini oʻrganish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf va zararni baholash koʻzda tutildi.

10:12 16 Iyul 2020
Jalaquduqlik 150 nafar xotin-qizlar ish bilan taʼminlandi

Karantin davrida aholini kambagʻallikdan olib chiqish, ularni ijtimoiy muhofaza qilishning yagona yoʻli daromad manbaiga ega qilishdir. Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi “Al-hakim” xususiy korxonasida yaratilgan sharoit tufayli 150 nafar mahalliy xotin-qizlar doimiy ish joyiga ega boʻldilar.

09:58 16 Iyul 2020
Toshkentda 55 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, Yunusobod tumanida yashovchi 55 yoshli Sh.A. (erkak) joriy yilning 12-iyul kuni 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidan ogʻir ahvolda tez tibbiy yordam mashinasida Zangiota tuman koʻp tarmoqli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan. Ahvoli...

09:54 16 Iyul 2020
Takroriy karantin oʻzini qanchalik oqlaydi yoxud Oʻzbekiston pandemiyaga qarshi kurashni qanday davom ettiradi?

Oʻzbekistonda epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi tufayli 10-iyuldan 1-avgustga qadar yana karantin rejimi joriy etildi.

09:51 16 Iyul 2020
Yoshlar kun oʻtishi uchun yashashi kerak emas

Yoshlarga sharoit yaratish, ularni qoʻllab-quvvatlash kerakligi haqida koʻp gapiriladi. Ochigʻini aytish kerak, bunday gaplarning koʻpi umumiy, balandparvoz. Yoshlarga joni achiydigan odam umumiy gaplardan qochib, ularni bugun oʻylantirib, qiynab turgan muammolarni hal etish haqida gapirishi kerak, deb oʻylayman. Shunda holat yaxshilanadi.

09:50 16 Iyul 2020
“Vaksina haqida ajoyib yangilik”, “Covid-19” xavfliligiga shubha qilayotgan Shveysariya va boshqa muhim yangiliklar

15-iyulda Xitoyning Uxan shahrida koronavirus aniqlanganiga 217, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya eʼlon qilinganligiga esa 127 kun boʻldi.

01:06 16 Iyul 2020
Bugun koronavirus aniqlangan bemorlar haqida maʼlumot berildi

Shu yilning 15-iyul kuni mamlakatimizda 496 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 200 nafari Karantin muassasalarida, 291 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida aniqlangan.

00:22 16 Iyul 2020
48 yoshli IIV xodimi koronavirusdan vafot etdi

Toshkent tumanilik 48 yoshli Sh.N. joriy yil 24-iyunda xizmat safari bilan Surxandaryo viloyatida boʻlib, tana harorati koʻtarilganligi va holsizlik sabab viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot boʻlimiga murojaat qilgan.

23:55 15 Iyul 2020
Ikki kun avval koronavirus aniqlangan 36 yoshli bemor vafot etdi

Olmazor tumanida yashovchi 36 yoshli Sh.A. tana harorati koʻtarilishi, umumiy holsizlik sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot boʻlimi poliklinikasiga murojaat qilgan.

23:50 15 Iyul 2020
AQSH Afgʻonistondagi beshta harbiy bazasini yopdi

AQSHning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Vashington bitimning birinchi bosqichini bajarganini – askarlari sonini kamaytirganini va beshta harbiy bazani tark etganini maʼlum qildi.

23:08 15 Iyul 2020
Sizlar hozirgi siyosatimizga, xalqimizga xiyonat qilyapsizlar — Prezident Toshkent shahri va viloyati rahbarlari “pastga tushmagan”ini aytdi

Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Unda Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat tanqid qilindi.

22:53 15 Iyul 2020
Bu yerda oʻtirgan rahbarlar sizlar hozirgi siyosatni tushunasizlarmi, yoʻqmi? — Prezident rahbarlarni keskin tanqid qildi

​​​​​​​Avvalroq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Unda Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat muhokama qilindi.

22:34 15 Iyul 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер