All

Koronavirus bilan kasallanganlar soni 15 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2020-yil 22-iyul soat 10:00 holatiga koʻra, 15 097 696 ga yetdi. Shundan 9 115 482 nafari sogʻaygan. Pandemiya boshlangandan beri 619 561 bemor vafot etgan.

10:29 22 Iyul 2020
Oʻqituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilandi

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

10:23 22 Iyul 2020
Oʻzbekiston yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingida 6-pogʻonadan joy oldi

Oʻzbekiston “Cost of Living Index by country” — mamlakatlar boʻyicha yashash narxi indeksiga kiritildi.

10:14 22 Iyul 2020
Rossiyada tahsil olayotgan talabalar yurtimizga olib kelindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin oʻzbekistonlik talaba charter reys orqali yurtimizga olib kelindi.

09:22 22 Iyul 2020
Amur viloyatidagi tartibsizlik ishtirokchilari hibsga olindi. Ularning orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor

Tergov qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari, yaʼni pudratchi tashkilot xodimlari oʻrtasida patent uchun toʻlovlarni amalga oshirish manbalari boʻyicha oʻzaro kelishmovchiliklar sabab ushbu tartibsizlik kelib chiqqan.

09:17 22 Iyul 2020
Agar gapim notoʻgʻri boʻlsa, qani ertagayoq xalqni norozi qilgan ish— avtomobil narxlarini tushiring — Kusherbayev javob qaytardi

Men «Oʻzavtosanoat» va «Oʻzavtomotors» boshqa-boshqa tashkilot, deb hisoblardim. Biroq «Oʻzavtomotors»ning mendan ranjib qilgan munosabatidan «Oʻzavtomotors» kompaniyasi Oʻzbekiston avtomobil bozoridagi barcha ishtirokchilarga teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berishi kerak boʻlgan «Oʻzavtosanoat»ni oʻziga tegishli tuzilma, deb hisoblashi koʻrinyapti. Bu “monopoliya kasalligi”ning asorati...

01:06 22 Iyul 2020
Bugun koronavirus aniqlangan bemorlar haqida maʼlumot berildi

Shu yilning 21-iyul kuni mamlakatimizda 567 holatda kasallik qayd etilgan boʻlib, ularning barchasi tana harorati koʻtarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

23:40 21 Iyul 2020
Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar 126 nafarga koʻpaydi

2020-yil 21-iyul soat 23:30 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 881 (+126) nafarni tashkil etmoqda.

23:38 21 Iyul 2020
Koronavirusga chalingan poytaxtlik 51 yoshli bemor vafot etdi

Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 51 yoshli Z.S. (erkak) 17-iyul kuni IIV Markaziy gospitalining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan va 18-iyul kuni unda “COVID-19” tasdiqlangan.

23:24 21 Iyul 2020
Andijonda 42 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Andijon viloyati Andijon shahrida yashagan 42 yoshli Gʻ.I. (erkak)da joriy yil 15-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

23:18 21 Iyul 2020
Rasul Kusherboyev balandparvoz fikr bildirishdan avval tuzilmalarga murojaat qilib, javob olishi kerak edi — Energetika vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi deputat Rasul Kusherboyevning gaplariga eʼtiroz bildirib, quyidagilarni maʼlum qildi.

23:10 21 Iyul 2020
Koronavirus mutatsiyasi qanchalik xavfli? Mutaxassis izohi

Rossiyaning Skolkovo fan va texnologiyalar universiteti professori Georgiy Bazikin koronavirusning avvalgi mutatsiyalari uning xususiyatlarini oʻzgartirmaganligini maʼlum qildi.

22:51 21 Iyul 2020
Iqtisodiyotda ijobiy oʻsish dinamikasi saqlab qolindi

YAIM 255,3 trln. soʻmni tashkil etdi va 0,2% ga oʻsdi, oʻtgan yilning shu davrida bu koʻrsatkich 6% ga oʻsdi. Sanoatning yalpi qoʻshilgan qiymatining oʻsishi 0,3% ni tashkil etdi.

22:37 21 Iyul 2020
Gulistonda bolasini 17 ming dollarga pullayotgan ona qoʻlga olindi

Gulistonda bugun oʻz farzandini 17.000 AQSH dollariga pullayotgan ona qoʻlga olindi.

22:23 21 Iyul 2020
Deputat Kusherbayev madaniy muloqot doirasidan chetga chiqdi — UzAuto Motors “Tez yordam” mashinalari narxi haqida bildirilgan fikr boʻyicha rasmiy bayonot berdi

Janob Kusherbayev “UzAuto Motors” COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan Oʻzbekistonda yuzaga kelgan ogʻir vaziyatni eʼtiborga olmayotir, deya daʼvo qiladi. Biroq, biz professional jurnalist oʻzi aytayotgan soʻzlarining mohiyatini chuqurroq anglashi, tajribali parlamentariy esa, soʻzlarining masʼuliyatini yaxshiroq his qilishi lozim ekanligiga aminmiz. Aftidan,...

21:12 21 Iyul 2020
Jumladan, mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan xonalar imkon qadar birinchi qavatda boʻlishi, evakuatsiya chiqish joyigacha boʻlgan masofa 50 m dan oshmasligi, bino yoki kompleks tarkibidagi ijtimoiy xizmatlar, tashrifxonalarga yetib borishning qulayligini taʼminlashi (nogironlar talabiga javob beruvchi jihozlarning qoʻllanilishini hisobga olgan holda) kerak.

“Insonlarning hayoti va faoliyati muhitini nogironlar ehtiyojlari va aholining kam harakatlanuvchi guruhlarini hisobga olgan holda loyihalash” toʻgʻrisidagi 2.07.02-07 Shaharsozlik norma qoidalariga koʻra nogironlar va qariyalar turarjoylari shaharsozlikning 2.08.01 meʼyoriga muvofiq loyihalanishi kerak.Turarjoylarni loyihalashda kursi-aravachadagi nogironlarning talablari bilan bir qatorda koʻrish...

20:48 21 Iyul 2020
Poytaxtdagi ulkan LED-ekranlarda Oʻzbekiston shifokorlarini qoʻllab-quvvatlash aksiyasiga start berildi

Oʻzbekiston dunyo mamlakatlari qatorida koronavirus sinovidan oʻtmoqda. Jahonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 14 mln kishidan oshib ketdi. Respublikamizda bu koʻrsatkich 17 mingdan ziyod kishini tashkil etmoqda, shundan 9 500 ga yaqini sogʻaydi. Bunda tibbiyot xodimlarining xizmati katta. Ular ayni vaqtda...

20:44 21 Iyul 2020
“Hozir bizda ish kuni degan tushuncha yoʻq”

Bugun millionlab, milliardlab odamlar koʻzga koʻrinmas yov- koronavirusdan asralish maqsadida oʻzlarini ehtiyot qilayotgan bir paytda, shifokorlarimizning bu balo bilan yuzma yuz kurashayotganligini haqli ravishda tengsiz jasorat deyish mumkin. Bu Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar kasalxonasi bosh shifokori Bahrom Tursunov bilan boʻlgan...

19:45 21 Iyul 2020
“Adolat” SDP fraksiyasi Davlat dasturining yarim yillikdagi ijrosini qanday baholadi?

Fraksiya aʼzolari tomonidan taʼkidlanganidek, butun dunyo iqtisodiyotini beqaror holatga keltirayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimizni har jihatdan rivojlantirishga qaratilgan rejalarga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi. Ammo, davlatimiz rahbari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini qoʻllab-quvvatlash, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini...

19:35 21 Iyul 2020
Orolning qurigan tubining 1,2 mln. gektar maydonida choʻlga chidamli urugʻlar ekildi

Orolning qurigan tubining 1,2 mln ga maydonida choʻlga chidamli urugʻlar ekildi, koʻchatlar oʻtqazildi.

19:32 21 Iyul 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер