All

15-avgustdan boshlab masjidlar bosqichma bosqich yana faoliyat koʻrsata boshlaydi

Ayni soatlarda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi yurtimizdagi barcha imom va noiblar ishtirokida video selektor shaklida yigʻilish oʻtkazmoqda.

12:44 10 Avgust 2020
Yoshlar parlamentiga rais saylandi

Tashkiliy yigʻilishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzurida tashkil etilgan Yoshlar parlamenti raisi lavozimiga koʻpchilikning ovozi bilan Jamshid Boboyevning nomzodi maʼqullandi. J.Boboyev hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparatida oʻz faoliyatini olib bormoqda.

12:29 10 Avgust 2020
Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan yana ikki nafar bemor hayotdan koʻz yumdi

Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 211 kishiga koʻpayib, 30 820 nafarga yetdi.

12:23 10 Avgust 2020
Namangan viloyatida yangi xodimlar uchun masofaviy oʻqish tashkil etilmoqda

Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 22-iyul kunidagi farmoyishida, hududiy ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalariga toʻgʻridan-toʻgʻri tanlov asosida xizmatga qabul qilingan profilaktika inspektorlarida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar sodir etilishining barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirish hamda ularni...

12:11 10 Avgust 2020
Belarusda prezident saylovlari dastlabki natijalari eʼlon qilindi

Belarus MSK mamlakatda boʻlib oʻtgan prezident saylovining dastlabki natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80,23, uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz olgan. Saylovda saylovchilarning 84,23 foizi ishtirok etgan.

12:00 10 Avgust 2020
Oʻzbekiston 2025-yilda yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlariga mezbonlik qiladi

Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida koʻrgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

11:45 10 Avgust 2020
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari “Xalqaro armiya oʻyinlari — 2020”ga yetib bordi

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentining maʼlum qilishicha, vakillarimiz Moskva shahriga yetib borgan. Xalqaro armiya oʻyinlarida faqat faxrli oʻrinlarni egallashni maqsad qilgan harbiy xizmatchilar belgilangan hududlarga taqsimlandi.

11:23 10 Avgust 2020
Janubiy Koreyada kuchli yomgʻir va koʻchki oqibatida 30dan ortiq inson halok boʻldi

Janubiy Koreyaning tabiiy ofatlar va halokatlarga qarshi kurashish boʻyicha shtabi xabariga koʻra, mamlakatda roʻy bergan suv toshqinlari va tuproq koʻchkilari oqibatida 31 kishi hayotdan koʻz yumgan, 11 kishi bedarak yoʻqolgan. Ushbu hodisa avgust oyi boshidan buyon davom etayotgan kuchli yomgʻirlar...

11:08 10 Avgust 2020
Ikki kunda toʻrtta charter reys amalga oshiriladi

Bugun Seul — Toshkent — Seul, Toshkent — Dehli — Toshkent, Qohira —Toshkent — Qohira charter reyslari amalga oshiriladi.

10:57 10 Avgust 2020
Ertaga “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti TIV rahbarlarining navbatdan tashqari majlisi boʻlib oʻtadi

2020-yil 11-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov videokonferensiya shaklida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi siyosat idoralari rahbarlarining navbatdan tashqari majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV xabar berdi.

10:51 10 Avgust 2020
Rahbarlar masʼuliyatini yanada oshirish payti keldi

Bugungi sinovli kunlar kattayu kichikka birday zalvorli xulosalar bilan birga, qimmatli saboqlar ham berib ulgurdi. Hammamiz ikki ulugʻ neʼmat — salomatlik va xotirjamlikning qadrini yurak-yurakdan his etdik. Avvallari sogʻligʻiga birmuncha beparvo boʻlganlar endi har on oʻzini kuzatadigan, salomatligini taftish va...

10:45 10 Avgust 2020
Bosh vazir oʻrinbosari va YETTB vitse-prezidenti nimalarni muhokama qildi?

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) vitse-prezidenti Alan Pillou bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar oʻtkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

09:51 10 Avgust 2020
Buxorolik oʻquvchi bir paytning oʻzida 20 ta xorijiy OTM talabasiga aylandi

Bugun birvarakayiga bir nechta nufuzli xorijiy oliygoh talabasi boʻlishdek imkoniyatni qoʻlga kiritayotgan iqtidorli yoshlar safida buxorolik oʻquvchilarning koʻpligi nihoyatda quvonarli hol. Buxoro tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabi bitiruvchisi Fazliddin ISMATOV ham ana shunday umidli yoshlarimizdan biri. U imtihonlardan yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan...

09:38 10 Avgust 2020
Kattaqoʻrgʻon tumanidagi fermer xoʻjaliklari va aholi tomorqalarida 1000 gektar yerda qulupnay ekiladi

— Ushbu yangi nav mevasi xushtaʼmligi, 7 —10 kungacha, sovutqichli omborlarda esa 20 kungacha saqlash mumkinligi bilan aholiga manzur boʻldi, — deydi “Kattaqorgon klubnika” ishlab chiqarish kooperativi rahbari M.Mavlonov. — Har bir tup qulupnay koʻchatidan 1-1,5 kilogramm, gektaridan 40 tonnagacha...

09:34 10 Avgust 2020
Oliy Majlis Senati aʼzosi Buxoro viloyatidagi shifoxonalarga 100 dona kislorodli konsentrator olib berdi

Buxorodagi «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi sanalgan N. Ochilov Xitoydan 100 dona kislorodli konsentrator xarid qilib, ularni Gʻijduvon, Olot, Jondor, Vobkent, Shofirkon tuman va Kogon shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga yetkazishga bosh-qosh boʻldi.

09:29 10 Avgust 2020
AQSH prezidentligiga nomzodni koʻrshapalak tishlab oldi

AQSH Liberallar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Jorgensen birinchi saylovoldi mitingini oʻtkazib yubordi. Bunga uni koʻrshapalak tishlab olgani sabab boʻlgan.

02:45 10 Avgust 2020
Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirganlar orasida ogʻir ahvoldagi bemorlar soni keskin oshdi

2020-yil 9-avgust soat 23:30 holatiga koʻra, mamlakatimizda yana 145 kishi koronavirus yuqtirgani tasdiqlandi va Oʻzbekistonda ushbu infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 609 nafarga yetdi.

23:48 09 Avgust 2020
Ronaldu «Parij Sen-Jermen» jamoasiga oʻtishi mumkin — OAV

Italiyaning «Yuventus» futbolchisi Krishtianu Ronaldu Fransiyaning «Parij Sen-Jermen» jamoasiga oʻtishi mumkin.

23:37 09 Avgust 2020
Bayrutda yana ikkita portlash. Aholi hukumatning harakatlaridan norozi

Livan poytaxti Bayrut shahrida 4-avgust kuni yuz bergan portlashdan keyin mahalliy aholi Hukumatning harakatlaridan norozi boʻlib, namoyishlar uyushtirmoqda.

23:27 09 Avgust 2020
Loyi Jirgʻa 400 nafar Tolibon aʼzosini qamoqdan ozod etishga qaror qildi

«Jirgʻa tinchlik muzokaralari boshlanishi yoʻlidagi toʻsiqliklarni bartaraf etish, qon toʻkilishini toʻxtatish va maqsadga muvofiqlikni taʼminlash uchun Tolibonning 400 nafar mahbus aʼzosining ozod qilinishini maʼqullaydi», deya qaror matnidan iqtibos keltirgan “Tolo News” telekanali.

20:27 09 Avgust 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер