AQSH prezidentligiga nomzodni koʻrshapalak tishlab oldi
Illyustrativ foto
AQSH Liberallar partiyasidan prezidentlikka nomzod Jo Jorgensen birinchi saylovoldi mitingini oʻtkazib yubordi. Bunga uni koʻrshapalak tishlab olgani sabab boʻlgan.
“Saylovoldi tur boshlanishidan oldin, meni koʻrshapalak tishlab oldi, ehtiyot chorasi sifatida quturishga qarshi emlanaman”, — deb yozgan Jorgensen oʻzining «Tvitter»dagi sahifasida.
U shanba kuni Missisipi shtatida saylovoldi mitingda ishtirok etishi kerak edi. Jorgensen koʻngilsiz voqea qanday yuz berganini izohlamagan.
Liberallar partiyasi AQSHda prezidentlik saylovida gʻalaba qozonishga daʼvo qilmaydi. Chunki deyarli barcha saylovchilar Demokratlar va Respublikachilar oʻrtasida boʻlingan.
Ammo, anketalar natijalariga koʻra, ular taxminan 2 foiz ovozga ega boʻlishlari mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring