Belarusda prezident saylovlari dastlabki natijalari eʼlon qilindi
Belarus MSK mamlakatda boʻlib oʻtgan prezident saylovining dastlabki natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 80,23, uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz olgan. Saylovda saylovchilarning 84,23 foizi ishtirok etgan.
MSK raisi Lidiya Yermoshinaning aytishicha, ovoz berish jarayonlarida jami 5 mln. 790 ming kishi qatnashgan.
Boshqa nomzodlar — Anna Kanopaskaya 1,68, Sergey Cherechen 1,13 va Andrey Dmitriyev 1,04 foiz ovoz olgan boʻlsa, saylovchilarning 6,02 foizi barchaga qarshi ovoz bergan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring