All

Ishsiz yoshlar boʻyicha alohida — “Yoshlar daftari”, ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar boʻyicha alohida — “Ayollar daftari” joriy etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-avgust kuni mutlaqo yangi tizim, tartib va yondashuvlar asosida iqtisodiy faollikni oshirish hamda har bir tuman va shaharga qoʻshimcha zaxira yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

21:13 20 Avgust 2020
Endi hokimlar mulkdor yerini tortib olish vakolatiga ega emas, ammo...

Endi hokimning mulkdor yerini tortib olishga haqqi yoʻq. Bu boradagi barcha vakolatlar mahalliy kengashlar ixtiyoriga beriladi. Ammo bu hokim bilan mulkdor oʻrtasidagi ziddiyatga yechim boʻla oladimi?

20:08 20 Avgust 2020
Ochiq sport maydonidagi ilk imtihonlar boshlandi

20-avgust kuni Oʻzbekiston tajribasida ilk bor oliy oʻquv yurtlariga qabul imtihonlarini ochiq sport maydonlarida oʻtkazish amaliyoti “MISiS”dan boshlandi. Imtihonlar yozma tarzda “Matematika”, “Fizika”, “Informatika” hamda “Rus tili” fanlari boʻyicha uch kun davomida Olmaliq shahri “Metallurg” sport majmuasining futbol maydonida oʻtkaziladi....

20:02 20 Avgust 2020
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Parlamentlar spikerlarining 5-jahon konferensiyasida ishtirok etdi

2020-yilning 19–20-avgust kunlari Vena shahrida (Avstriya) xalqaro parlament hayotiga oid muhim tadbir – dunyo parlamentlari spikerlarining Beshinchi konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Spikerlarning butunjahon konferensiyalari har besh yilda bir marta oʻtkaziladi hamda eng yuqori darajadagi parlament muloqoti va oʻzaro hamkorlik uchun dunyo...

19:54 20 Avgust 2020
Taniqli epidemiolog Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini yuqori baholadi

Xitoy Xalq Respublikasi Sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasining epidemiyaga qarshi kurash boʻyicha maxsus komissiyasi rahbari, akademik Chjun Nanshan Rossiya koronavirusiga qarshi vaksinasini yuqori baholadi.

19:44 20 Avgust 2020
Dehqon xoʻjaliklariga bundan keyin yer uchastkasini ijara asosida berish tizimi joriy etish koʻzda tutilmoqda

Keyingi yillarda mamlakatimizda yer va undan foydalanishga boʻlgan munosabat keskin oʻzgardi. Kaftdek yerdan daromad topish, shu orqali xalqimiz va davlatimiz iqtisodiyotiga manfaat keltirish maqsadlari yuqori bosqichga koʻtarildi. Bu borada qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingani fikrimizni yana-da isbotlaydi. Ammo...

19:39 20 Avgust 2020
JSST: Covid-19ʻning muhim mutatsiyalari qayd etilmadi. Bu yaxshimi, yomon?

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirus genomida sezilarli mutatsiyalarni qayd etmadi. Bu infeksiyaning zaiflashishini anglatadi.

19:33 20 Avgust 2020
Koronavirus begona goʻshadan reportaj. Yoxud olisdagi ovul ohanrabosi

Buxoro viloyatining eng chekka hududlari deganimizda beixtiyor koʻz oldimizga Ogʻitma, Churuq, Jongeldi kabi aholi punktlari gavdalanadi.Ular viloyat markazidan taxminan 150 – 220 kilometr olisda. Gʻijduvon, Shofirkon va Peshku tumanlariga qarashli ushbu maskanlar bepoyon Qizilqum sahrosi bagʻrida joylashgan. Ularda asosan,qozoq millatiga...

19:32 20 Avgust 2020
Koronavirusni davolashda qanday hollarda antibiotik qoʻllaniladi?

Koronavirusga qarshi Xitoy tajribasida baʼzi hollarda antibiotiklardan foydalanilgani aytilmoqda. Ammo koʻplab mutaxassislar ularni koronavirusni davolashda foydasiz ekanini taʼkidlayapti. Xoʻsh, bu masalaga mutaxassis nima deydi?

19:17 20 Avgust 2020
Shavkat Mirziyoyev: Pandemiya Mustaqillik kunida katta yigʻin va sayillar oʻtkazishni cheklashni talab qilmoqda

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtmoqda. Tadbirni ochar ekan, davlatimiz rahbari pandemiyani jilovlash doirasida olib borilayotgan ishlarga alohida toʻxtalib, Mustaqillik bayramini bunday sharoitda nishonlash yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

18:44 20 Avgust 2020
Oʻzbekistonda kimlar tekinga gripp va pnevmoniyaga qarshi emlanishi maʼlum qilindi

Эпидемиолог Рустам Икромовнинг қўшимча тушунтириш беришича, грипп ва пневмонияга қарши эмлаш бўйича ишлаб чиқилган чора-тадбирлар дастури ҳозирча режа. Таклиф сифатида ҳукуматга тақдим этилган.

18:07 20 Avgust 2020
Sogʻliqni saqlash vazirligi: antibiotiklar virusdan himoya qila olmaydi, chunki...

—Eng avval aytish kerak boʻlgan gap shu: antibiotiklar koronavirusni davolamaydi. Chunki antibiotik — bakteriyalarga qarshi vosita, virusga taʼsir etmagani yetmaganidek, uning tarqalishiga sharoit yaratib beradi, — deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi Muhabbat Ibragimova. —...

18:05 20 Avgust 2020
Odam savdosiga qarshi kurashish tizimi yanada takomillashtirilmoqda

Barchamizga maʼlumki, mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatga barham berish boʻyicha keng qamrovli va tizimli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosi jabrlanuvchilarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularga tibbiy, psixologik va boshqa yordamlar koʻrsatish, jinoyatchilar va...

18:01 20 Avgust 2020
Popdagi echkichilik klasteri belaruslik hamkorlar bilan 120 ming dollarlik shartnoma imzoladi

Maʼlumotlarga qaraganda, ichki bozorda bir kilogrammi 150 ming soʻmga boradigan echki yungidan 10 donadan paypoq va sharf, 3 tagacha roʻmol toʻqish mumkin. Bu, anchagina pul, degani. Pop tumanida mazkur serdaromad sohaga eʼtibor qaratilib, angor echkilari va hisori qoʻylarni koʻpaytirishga ixtisoslashtirilgan...

17:36 20 Avgust 2020
Dubay Amirligi Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligiga dori vositalari va tibbiy buyumlar taqdim etdi

Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va doʻstona aloqalar tobora mustahkamlanib bormoqda.

17:36 20 Avgust 2020
Deputat qabulida 16 ta masala yechimini topdi

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati Olimxon Boboxonov karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda fuqarolar bilan uchrashib, ular dardiga quloq tutdi. Kuni kecha deputat qabulxonasida tashkil etilgan muloqotda saylovchilardan 20 dan ortiq masala boʻyicha murojaat kelib tushdi. Shundan 16 tasi...

17:31 20 Avgust 2020
Toyloqda 20 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi sovgʻa qilindi

Toyloq tumanida kam taʼminlangan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, daromad topishlariga koʻmaklashish, yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga tibbiy va moddiy yordamlar koʻrsatildi. Dori-darmon vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari...

17:29 20 Avgust 2020
Profilaktika inspektori suvga choʻkayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

Samarqand shahrida profilaktika inspektori va uning jamoat tartibini saqlash boʻyicha yordamchilari Obirahmat kanalidan oqib oʻtuvchi suvda choʻkayotgan mast fuqaroni qutqarib qoldi, deya xabar beradi Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.

17:15 20 Avgust 2020
Samarqandda 150 ta mehmonxona oʻz faoliyatini boshladi

Maxsus yoʻriqnomaga koʻra, binoning kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini doimiy oʻlchash va dezinfeksiyalashni yoʻlga qoʻyish, mehmonxonaning bandlik darajasi 50 foizdan oshgan taqdirda tibbiyot xodimining doimiy faoliyatini taʼminlash, mehmonlarni xonalarga joylashtirishda oilaviy mehmonlar soni uch nafardan, boshqa mehmonlar soni ikki...

16:25 20 Avgust 2020
34 million 240 ming soʻmlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, viloyat bojxonachilari joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 9 ta holatda 112 million 287 ming soʻm, jami 7385 dona dori vositalarini noqonuniy savdosini toʻxtatib qolishgan.

16:20 20 Avgust 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер