Oʻzbekistonda kimlar tekinga gripp va pnevmoniyaga qarshi emlanishi maʼlum qilindi

18:07 20 Avgust 2020 Jamiyat
1795 0

Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Oʻzbekiston aholisi sentyabr oyida gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash maqsadida hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilayotgani haqida maʼlum qilingan edi.

Epidemiolog Rustam Ikromovning qoʻshimcha tushuntirish berishicha, gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boʻyicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi hozircha reja. Taklif sifatida hukumatga taqdim etilgan.

“Hujjatda vaksinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil etish ishlari koʻzda tutilgan. Agar dastur kuchga kirsa bu ishlarni sentyabrdan boshlash rejalashtirilgan”, – dedi mutaxassis.

Oʻtgan, 2019-yilda 21 ming nafardan ortiq “Muruvvat”, “Saxovat” uylarida yashovchi shaxslar hamda mehribonlik, va goʻdaklar uylarining tarbiyalanuvchilari uchun grippga qarishi vaksinalar tekinga davlat byudjeti hisobidan yetkazib berilgan – “Joriy 2020-yilda ham shu toifadagi aholiga vaksinalar davlat tomonidan yetkazib berilishi koʻzda tutilgan. Boshqa aholi vakillari oʻz hisobidan, tashkilot xodimlari oʻsha idora mablagʻlaridan xususiy vaksina emlash markazlari orqali vaksina olishlari mumkin”, – dedi epidemiolog Ikromov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер