All

Jomboy tumanida 40 nafar oʻqituvchida koronavirus aniqlandi

Тumandagi ikkita – 34 va 38-umumtaʼlim maktablarida 14-sentyabrdan emas, balki 16-sentyabrdan tajriba-sinov sifatida boshlash taklif qilindi.

11:25 12 Sentyabr 2020
Koʻzi ojiz abituriyentlar uchun imtihonlar boʻlib oʻtdi

Xususan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga 2020-2021 oʻquv yili qabulida bakalavriatning 11 ta taʼlim yoʻnalishiga 28 nafar, magistraturaning 7 ta mutaxassisligiga 8 nafar koʻzi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlardan arizalar kelib tushgan.

10:58 12 Sentyabr 2020
Putin Serbiya prezidentidan uzr soʻradi...

Biz juda yaxshi telefon suhbati oʻtkazdik. Prezident Putin hech qachon mendan kechirim soʻramagan edi. Vazir Lavrov ham

10:57 12 Sentyabr 2020
“Farzandlarimizga oid muhim qarorni aslida hech qanday vakolati, taʼsir kuchi yoʻq Mahalliy Kengashlar hal qiladi deb kimni aldayapsiz, janob vazir?” 

Hammamiz yaxshi bilamizki, Mahallliy Kengashlar raislari oʻsha hududlarning hokimlari hisoblanadi. Hokimlar uchun esa Mahalliy Kengash qarori asosida ish tashkil etish emas, balki yuqoridan kelgan topshiriq ijrosini taʼminlash muhimroq hisoblanadi. Shunday ekan, farzandlarimiz hayoti, sogʻligʻiga oid muhim qarorni aslida hech qanday...

10:39 12 Sentyabr 2020
Ispaniyada oʻqituvchilari koronavirus yuqtirib olgan maktab yopildi

Ispaniyada shu hafta boshida COVID-19 aniqlangan maktablarda faqat bir necha oʻquvchilar uyga joʻnatib yuborilgan va kam sonli oʻqituvchilar karantinga olingandi. Lekin, Baskdagi boshlangʻich maktab batamom yopildi.

10:31 12 Sentyabr 2020
Adiblar xiyobonida maydonida ijodkorlarga bagʻishlangan muhim taqdimot boʻlib oʻtdi

«Oʻzbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda “Spectre” ijodiy studiyasi bilan hamkorlikda yosh rejissyor Shohruh Rasulov tomonidan suratga olingan, Adiblar xiyoboni, unda haykallari oʻrnatilgan shoir va yozuvchilarga bagʻishlangan “Xalq yuragi” nomli hujjatli film premyerasi hamda...

10:28 12 Sentyabr 2020
Oʻzbekiston Afgʻoniston Hukumati va “Tolibon” Harakati oʻrtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi

Umid qilamizki, afgʻonlararo muloqot oʻt ochishni barqaror toʻxtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni oʻrnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

10:20 12 Sentyabr 2020
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bogʻliq holatlarga chek qoʻydi

Xususan, Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan birining matematika fani oʻqituvchisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 4 nafar abituriyentni Samarqand tibbiyot institutiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qiladi va ularning har biri uchun 12 ming AQSH dollaridan, jami 48 ming AQSH...

10:02 12 Sentyabr 2020
Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarida koronavirus yuqtirganlar keskin oshmoqda

11-sentyabr kuni mamlakatimizning oʻn hududida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Fargʻona, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida 593 holatda kasallik qayd etildi. 

00:29 12 Sentyabr 2020
Uzbekistan Airways bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklamoqda. Qanday oʻzgarishlar va yangiliklar bor?

Samolyotning yoʻlovchi boʻlinmasidagi havo yuqoridan pastga qarab aylanib yuradi, bu esa boshqa qatordagi yoʻlovchilardan biri aksirgan holda mikrotomchilarning boshqa yoʻlovchilarning nafas yoʻllariga tushishini istisno qiladi, niqoblardan foydalanish esa mikroqismlar tarqalishining oldini oladi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotlari virus va bakteriyalarning 99,97...

23:12 11 Sentyabr 2020
Ravon Nexia R3 Qozogʻistonda yengil avtomobillar orasida yetakchiligini saqlab qoldi

Avvalgi oylarda boʻlgani kabi, RAVON NEXIA R3 Qozogʻistondagi eng koʻp sotiladigan yengil avtomobillarning “TOP-10”taligida yana birinchi oʻrinni egalladi.

22:55 11 Sentyabr 2020
Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi oshiriladi

Energetika vazirligi maxsus shtabi isteʼmolchilarni 2020—2021-yillarda kuz-qish mavsumida elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash ishlarini tahlil qilish maqsadida vodiy viloyatlarida boʻldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

22:16 11 Sentyabr 2020
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi toʻgʻrisida axborot

2020-yil 11-sentyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

22:09 11 Sentyabr 2020
«Mikrokreditbank» ATB: Yangi tartib asosida 99 nafar fuqaroga 21,3 mlrd. soʻmlik ipoteka kreditlari ajratildi

Prezidentimizning 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, aytish joizki, ayrim odamlarning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhim hujjatlardan biri boʻldi. Zero, oʻz uy-joyi boʻlishga nima yetsin!?

22:01 11 Sentyabr 2020
Yer usti halqa metrosi nafaqat yoʻlovchi tashishda, balki tadbirkorlikni rivojlantirishda ham qoʻl keladi

Metro aksariyat davlatlarda bor va u qulay hamda tezkor transport vositasi sifatida, allaqachon, yoʻlovchilar eʼtiboriga tushib ulgurgan. Nafaqat poytaxtimiz, balki mamlakatimiz aholisi faxri va gʻururi hisoblangan Toshkent metropoliteni ham oʻtgan davrda jadal ravishda rivojlandi. Tarmoqning yangi yoʻnalishlar hisobiga kengayishi, shubhasiz,...

21:44 11 Sentyabr 2020
AQSHda oʻrmon yongʻinlari tufayli 23 kishi halok boʻldi

Oregon hukumati payshanba kuni yongʻin natijasida shtatning 500 mingdan ortiq aholisi evakuatsiya qilinganligini maʼlum qildi.

21:00 11 Sentyabr 2020
Xitoyda tunnel qulashi oqibatida kamida 9 kishi vayronalar ostida qolib ketgan — OAV

Qutqaruv ishlarini olib borish uchun voqea joyiga politsiya, oʻt oʻchiruvchilar, tibbiyot xodimlari va favqulodda xizmatlar yetib kelishdi.

20:39 11 Sentyabr 2020
Tadeush Bodio: Oʻzbekiston Prezidenti inqiroz sharoitida mamlakatni boshqarish qobiliyatini namoyish etmoqda

T.Bodio Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar faoliyati natijalari Oʻzbekiston jamiyatida keng eʼtirof etilayotganini taʼkidlaydi. Shuningdek, polshalik ekspert ilmiy izlanishlari xulosasida xalqaro ekspertlar hamjamiyatining baholarini ham keltiradi: “Strateg East” markazining (Vashington) SSSR qulaganidan keyin uning oʻrnida tashkil topgan mamlakatlarda huquqiy davlat va...

20:27 11 Sentyabr 2020
Hamma xavfsiz boʻlmaguncha, hech kim va hech bir mamlakat xavfsiz boʻlmaydi — BMT Bosh kotibi pandemiyani toʻxtatishning yagona chorasini maʼlum qildi

Jahon hamjamiyati koronavirus vaksinalaridan teng foydalanishni taʼminlashi shart. Zero, bu insoniyatni “Covid-19” pandemiyasidan himoya qilishning yagona usulidir.

19:37 11 Sentyabr 2020
Olimlar koronavirus alomatlarini aniqlaydigan “aqlli niqob” yaratishdi

Singapurlik olimlar koronavirus infeksiyasi alomatlarini qayd etib boruvchi maxsus datchiklar tizimini ishlab chiqishdi.

19:20 11 Sentyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер