All

Tanzila Norboyeva Pak Byon Sok bilan uchrashdi

2021-yil 6-aprel kuni Senatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Tanzila Norboyevaning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi.

15:39 06 Aprel 2021
Oʻzbekiston yangi OTM tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi.

15:33 06 Aprel 2021
Qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarib qoʻyish hangomasi yoxud Mutal Burhonov uy – muzeyi nega “Obod mahalla” dasturi doirasida obod boʻlmay qoldi?

Yaqinda saytimizda atoqli bastakor, Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasi musiqasi muallifi Mutal Burhonov uy – muzeyiga doir maqola eʼlon qilingandi. Unda ushbu maskan joylashgan bino oldidagi koʻngilni xira etadigan manzara toʻgʻrisida ham qisqacha toʻxtalib oʻtilgan edi. Shundan soʻng bizda uy – muzey...

15:12 06 Aprel 2021
Toshkent shahrining ayrim hududlarida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi

Shu bois Yangihayot tumanidagi markaziy issiq suv tarmogʻiga ulangan xonadonlarda 7-10-aprel kunlari grafik asosida issiq suv taʼminoti toʻxtatiladi.

14:24 06 Aprel 2021
Fargʻonada tarbiyachining ehtiyotsizligi oqibatida bola bir koʻzidan ayrildi

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi 13-oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida yordamchi tarbiyachi Nodira Asadova (ism familiyasi oʻzgartirilgan) 2020-yil 16-oktyabr kuni bogʻcha tarbiyalanuvchilariga ovqat tarqatayotgan vaqtida bolalar baqir-chaqir qiladi. Tarbiyachi ularni tinchlantirish maqsadida qoʻlidagi temir qoshiqni silkitgan vaqtida ehtiyotsizlik natijasida qoʻlidan chiqib...

14:05 06 Aprel 2021
“Phanes Group” xalqaro kompaniyasi Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

Energetika vazirligi va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi oʻrtasida Navoiy viloyati Nurota tumani hududida quyosh elektr stansiyasi (QES) qurish toʻgʻrisida investitsiya shartnomasi imzolandi.

13:51 06 Aprel 2021
Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun ajratilgan 500 millionga yaqin mablagʻ talon-toroj qilindi 

Toshkent viloyati Bekobod tumanida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarni talon-toroj qilgan MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

13:39 06 Aprel 2021
Toshkentdagi bir qator monomarkazlar davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi

«Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

13:34 06 Aprel 2021
Tabrik

Bugun Oliy Majlis Senati aʼzosi, “Zarafshon” va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri Farmon Toshev tavallud topgan kun.

12:07 06 Aprel 2021
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobotlar elektron shaklda yuritiladi

Hukumat qarori (174-son, 03.04.2021-y.) bilan Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

08:27 06 Aprel 2021
Hayot maktabi

“Amir Temur”, desak, kifoya — bus-butun ulugʻ tarix manzaralari koʻz oldimizdan bir-bir oʻtadi. Moʻgʻullar istilosi davrida oʻzimizning mustaqil davlatimiz boʻlmagan tangu tor davrlar, parokanda yurt, qadriyatlar toptalishi, maʼnaviy hayotimizdagi turgʻunlik, millat rivojidagi toʻxtalishlar, dunyo sivilizatsiyasi doirasidan chetga chiqib qolish kabi...

07:43 06 Aprel 2021
Oʻzbekistonda ekstremizmga qarshi kurash borasidagi yondashuvlar konseptual jihatdan oʻzgarmoqda

Mustaqillikning dastlabki yillarida Oʻzbekiston ekstremistik va terroristik tahdidlarni oʻz “tana”sida his etdi. Mazkur davrda bir guruh ekstremistlar tomonidan mamlakatda siyosiy tuzumni oʻzgartirish, islom xalifaligi tuzish, davlatni shariat meʼyorlari asosida boshqarish kabi talablar qoʻyildi. Ushbu reja hamda intilishlarning asosiy qismi dinlararo...

07:35 06 Aprel 2021
Ravshan Ermatov FIFA vakili bilan yangi tashkil etilayotgan oʻquv-mashgʻulot bazasini koʻzdan kechirdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov FIFA vakili Ander Vashkevich bilan birga Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan oʻquv-mashgʻulot bazasining qurilish rejasi bilan tanishdi.

07:27 06 Aprel 2021
Bosh vazir oʻrinbosari Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) prezidenti Arkadiy Dvorkovich Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida faxriy mehmon Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, mamlakat shaxmat federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi.

07:26 06 Aprel 2021
Ombudsmanning Xorazmdagi Mintaqaviy vakili 11-sonli tergov hibsxonasiga bordi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi Mintaqaviy vakili Xamro Bektemirov boʻlib, u insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash yuzasidan Vakilga koʻmaklashadi.

07:22 06 Aprel 2021
Akmal Jumaboyev yangi lavozimga tayinlandi

Jumaboyev Akmal Murodovich Toshkent shahri Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

00:14 06 Aprel 2021
Shavkat Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bugun, 5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro «Innoprom» sanoat koʻrgazmasida ishtirok etish uchun Toshkent shahrida boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

22:19 05 Aprel 2021
Toshkentda “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi oʻtkaziladi

22—23-aprel kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Law Spring” II Xalqaro yuridik forumi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

22:15 05 Aprel 2021
Samarqandda “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi

Yosh avlodning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini kuchaytirishda kitobning oʻrni beqiyos. Bunga esa faqat va faqat kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish orqaligina erishish mumkin.

21:50 05 Aprel 2021
Toshkent viloyatidagi iqtisodiy-ijtimoiy muammolar tanqidiy koʻrib chiqldi

Nurafshonda Toshkent viloyat hokimligi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

21:37 05 Aprel 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер