All

Ayrim nodavlat taʼlim tashkilotlari ijara toʻlovidan ozod etiladi

“Nodavlat taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va taʼlim jarayonida yoshlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

18:04 25 Iyun 2021
“Diydor” teatriga yangi rahbar tayinlandi

“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi davlat muassasasiga badiiy rahbar tayinlandi.

18:01 25 Iyun 2021
Tokioda oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari 200 ming dollargacha pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi

“2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash hamda olimpiya sport turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

17:54 25 Iyun 2021
Toshkent shahri “qizil” toifadagi hudud deb belgilandi

Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sogʻayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:

16:58 25 Iyun 2021
SSV: Toshkent shahriga kirishga cheklovlar qanday holatlarga tatbiq etilmasligi belgilandi

— Toshkent shahrida doimiy yashovchi (roʻyxatdan oʻtgan) shaxslarga;

16:55 25 Iyun 2021
Nodavlat taʼlim tashkilotlari davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

“Nodavlat taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va taʼlim jarayonida yoshlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–5161-son, 25.06.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

16:48 25 Iyun 2021
Oʻzbekiston may oyida 37 mln dollarlik yengil avtomobil import qildi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 150,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,7 mingta yengil avtomobillar import qilgan.

13:41 25 Iyun 2021
26-iyun kuni kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi

“Oʻzgidromet” 26-iyun, juma kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini taqdim etdi.

13:38 25 Iyun 2021
Toshkent – Buxoro – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

“Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Buxoro – Toshkent yoʻnalishida haftasiga toʻrt marta – dushanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

13:33 25 Iyun 2021
Koronavirusga qarshi emlash boʻyicha Namangan viloyati yetakchilikni qoʻlga oldi

24-iyunda mamlakatimiz hududlari boʻylab 79079 doza COVID-19ga qarshi vaksina qoʻllanildi. Ulardan:

13:28 25 Iyun 2021
Tugʻilajak bolaning jinsini oldindan rejalashtirish mumkinmi?

SSV Matbuot xizmati savollariga Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Shaxnoza Zufarova javob berdi.

13:16 25 Iyun 2021
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida buxgalteriya xodimlari 21 mlrd soʻmni qalbaki vedomostlarni tuzish orqali oʻzlashtirgan

Hisob palatasi tomonidan OTM tizimida olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi hamda 2017-2020-yillarda ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanganligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilmoqda.

12:59 25 Iyun 2021
Namanganda xonadonlardan birida gaz ballonidan notoʻgʻri foydalanish oqibatida yongʻin chiqdi. Yongʻinda uy egasining oʻgʻli halok boʻldi

2021-yil 23-iyun kuni soat 17:10da Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani “Sohilobod” MFY, Niyazboyev koʻchasida joylashgan uylarning birida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda FVV xabar berdi.

12:39 25 Iyun 2021
Oʻzbekistonda robot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklifi muhokama qilindi

«Oʻzeltexsanoat» uyushmasi raisi M.Yunusov ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish hamda robotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Eidos robotics” MCHJ korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.

12:24 25 Iyun 2021
Buxoroda kredit uchun garovga qoʻyilgan mulklarni sotgan va jamiyatni qasddan bankrotlik holatiga olib kelgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Buxoroda kredit mablagʻining garov taʼminoti sifatida qoʻyilgan mulklarni sotib yuborgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

12:15 25 Iyun 2021
Kun fotosi: Qoʻqon boʻylab velosipedda sayr qilayotgan Aziz Abduhakimov va turkiy tilli davlatlar turizm vazirlari

Qoʻqon shahrida kecha Turkiy kengashga aʼzo davlatlar turizm vazirlari ishtirokidagi VI yigʻilish yakuniga yetgach, mehmonlar shahar boʻylab sayrga chiqishdi.

11:49 25 Iyun 2021
Rossiyada barmogʻi sovuq urgani uchun implantatsiya qilingan va balandlikdan yiqilib tushgan Oʻzbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

Rossiyada majburiy ishlatilgan fuqarolar Vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

11:44 25 Iyun 2021
Senator Farhod Boqiyev Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar boʻldi

Ayni vaqtda Senatning 16-yalpi majlisida boʻlib oʻtmoqda. Unda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga senator Farhod Boqiyev nomzodi taklif etildi va bir ovozdan maʼqullandi.

11:23 25 Iyun 2021
Koronavirus: kecha Oʻzbekistonda 476 nafar kishida kasallik qayd etilib, ikki nafar bemor vafot etdi

2021-yil 24-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 108184 (+476) nafarni tashkil etmoqda.

10:45 25 Iyun 2021
1-iyuldan pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga oshadi?

“Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, 2021-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqalar oshiriladi.

10:35 25 Iyun 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер