Namanganda xonadonlardan birida gaz ballonidan notoʻgʻri foydalanish oqibatida yongʻin chiqdi. Yongʻinda uy egasining oʻgʻli halok boʻldi
2021-yil 23-iyun kuni soat 17:10da Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani “Sohilobod” MFY, Niyazboyev koʻchasida joylashgan uylarning birida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda FVV xabar berdi.
Qayd qilinishicha, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 17:36da yetib borgan. Yongʻin soat 17:38da oʻrab olingan va soat 17:54da toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa natijasida uyning 30 kv.m. maydonida shift, tom va uy-jihozlari yonib zararlangan. Shuningdek, yongʻin oqibatida uy egasining oʻgʻli halok boʻlgan.
Birlamchi maʼlumotga koʻra yongʻin kelib chiqishiga maishiy propan gaz ballonidan foydalanish qoidalarini buzilishi sabab boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring