All

Abdulaziz Komilov AQSH Mudofaa vaziri bilan uchrashdi

2021-yilning 1-iyul kuni Vashington shahriga Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv oʻtkazdi.

13:01 02 Iyul 2021
Kogonda gips ishlab chiqarish sexi gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.A.” MCHJga qarashli gips ishlab chiqarish sexi gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, tabiiy gazdan foydalanib kelganligi natijasida “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti hududiy filiali manfaatlariga 55,9 mln soʻm zarar yetkazganligi...

12:53 02 Iyul 2021
Kecha Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar yana qariyb 500 taga koʻpaydi

2021-yil 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111648 (+495) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV maʼlum qildi.

12:49 02 Iyul 2021
Fargʻona viloyatida ijro intizomi bilan bogʻliq qanday muammolar bor?

Markaz ekspert-mutaxassislari, huquqshunoslar, Adliya vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi masʼullari, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etgan jamoatchilik eshituvida Fargʻona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha olib borilgan oʻrganishlar natijasi tanqidiy tahlil qilindi.

12:47 02 Iyul 2021
Qaysi hududda eng koʻp tugʻilish qayd etildi?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 391 258 ta tugʻilish qayd etilgan.

12:38 02 Iyul 2021
Sabzi 12 ming, suyakli mol goʻshti 68 ming soʻmgacha — bozorlardagi narx-navolar eʼlon qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qilindi.

12:35 02 Iyul 2021
Mahallabay ishlash orqali odamlarning taqdirini oʻzgartirish mumkin

Mahallabay ishlash tizimi mahallalardagi muammolar, aholi turmushidagi muhim masalalarni birgalikda hal etish, har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahallaning “oʻsish nuqta”larini aniqlash imkonini beradi. Shu asosda har bir mahallaning oʻziga xos hayot tarzidan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirish dasturlari va kambagʻallikni...

12:29 02 Iyul 2021
Toshkentda ochilayotgan Rossiya tibbiyot universiteti filiali talabalarining 40 foizgacha boʻlgan qismi davlat granti asosida tahsil oladi

Qayd etilishicha, Prezidentimizning “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorida qabul parametrlari, mazkur oliy taʼlim muassasasi bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash boʻyicha bir qator vazifalar belgilangan.

12:24 02 Iyul 2021
Yoshlar — kelajak liderlaridir

Yoshlar har bir davlatning kelajagini, salohiyatini belgilovchi muhim qatlam hisoblanadi. Bugungi kunda yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar boʻlib ulgʻayishi yoʻlida yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ularning orzu-maqsadlarini roʻyobga chiqarish, ilgʻor tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu...

12:20 02 Iyul 2021
Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan “Tenglik avlodi” xalqaro forumida Senat Raisi nutq soʻzladi

Fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda Fransiya va Meksika raisligidagi “BMT-Ayollar” tuzilmasi tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirda xorijiy davlatlar rahbarlari, jahon parlamentlari, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati vakillari, yosh yetakchilar va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.

12:18 02 Iyul 2021
“JOYDA” mobil ilovasi orqali 34 kishini 769,7 mln soʻmga chuv tushirgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. “R.L.» va “O.N.» MCHJlarni norasmiy ravishda yuritib kelib, ushbu jamiyat rahbarlari va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, 34 nafar fuqarolarni goʻyoki mazkur jamiyat ishchilari sifatida rasmiylashtirib,...

12:12 02 Iyul 2021
Termiz tumanida 50 sotix yerni oʻziga tegishli ekanligiga ishontirib 150 mln soʻmga sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman boʻlimi tomonidan Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. firibgarlik yoʻli bilan daromad orttirishni koʻzlab, fuqaro O.ni “Yangiobod” MFYda joylashgan 50 sotix yer maydoni oʻziga tegishli ekanligiga ishontirib, tanishlari orqali...

12:09 02 Iyul 2021
Hududlarda malakali kadrlarni tayyorlash — pirovard maqsad

Mamlakatimizda keyingi yillarda ilm-fan sohasidagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etish,  yangi ilmiy muassasalari va yoʻnalishlarni tashkil qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali ana shu saʼy-harakatlar hosilasidir. Mazkur filial Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish...

07:50 02 Iyul 2021
Aliya Yunusova: Bolalar oilalarga tegishli, “Mehribonlik” uylariga emas

Ombudsman oʻrinbosari bu haqida yaqinda «Har bir bola oilaviy muhitda tarbiyalanishini taʼminlash maqsadida noinstitutsionallashtirish Milliy strategiyasini yaratishning dolzarb masalalari» mavzusida Oliy Majlis Senati, YUNISEF va qator hamkor tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan noinstitutsionllashtirishni tezlashtirish boʻyicha birinchi xalqaro konferensiyada aytib oʻtdi.

07:22 02 Iyul 2021
Sirdaryo viloyatida 25 kunda 154028 tonna don topshirilib, belgilangan marra egallandi

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar tarqatdi. Ushbu mehnat zafariga qisqa muddat — 25 ish kunida erishildi.

07:17 02 Iyul 2021
“GAI”larning kuni piyodalarga qolganini iddao qilgan bloger qayerga ketib qoldi?

"Joriy yilning 30-iyun kuni soat 11:10larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, A.Navoiy-Beruniy koʻchalari chorrahasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori T.Sotiboldiyev belgilanmagan joydan yoʻlni kesib oʻtgan 1994-yilda tugʻilgan piyoda G.Mning toʻxtatib oʻzini tanishtirgan, qoidabuzarligini aytib, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi...

22:25 01 Iyul 2021
Xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-iyul kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasidagi ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

22:06 01 Iyul 2021
Rossiya tibbiyot universitetining Toshkent filiali ochilmoqda

Bugun, 1-iyul kuni Prezidentimizning “N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

19:38 01 Iyul 2021
Mard masʼullarimizdan izoh kutamiz... — Kusherbayev benzin narxining oshishi va sohadagi talon-torojliklar haqida

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev yoqilgʻi narxining oshishi va neft mahsulotlari talon-torojliklari haqida oʻz munosabatini bildirdi.

19:32 01 Iyul 2021
“Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yuz bergan yongʻin oqibatida bir kishi halok boʻldi

Qayd etilishicha, bugun, 1-iyul kuni soat 13:05 da Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani “Qorakoʻl” MFY joylashgan «Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish» boshqarmasiga qarashli propan-butan aralashmasini olish sexida yongʻin sodir boʻlgan.

18:18 01 Iyul 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер