All

Bekobodda voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy saboq berayotganlar aniqlandi

Respublika huquq-tartibot idoralari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi aka-ukalar oʻz xonadonlarida jami 25 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy tarzda diniy saboq berayotganliklari aniqlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

14:11 26 Iyul 2021
Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni yil boshidan buyon qanchaga oshgani maʼlum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyul holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,9 mln. kishini tashkil etmoqda.

11:43 26 Iyul 2021
Oʻzbekistonda yanvar-iyun oylarida qancha odam vafot etdi?

Oʻzbekistonda 2021-yilning yanvar-iyun oylarida 79,7 mingta oʻlim holati qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

11:38 26 Iyul 2021
Ertaga Oʻzbekistonda havo biroz bulutli boʻladi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 25-27, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.

11:27 26 Iyul 2021
Toshkentda yoʻlovchi tashuvchi «Gazel» yonib ketdi

Joriy yilning 26-iyul kuni soat 9:10 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasida haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan M.R. 8 nafar yoʻlovchi bilan «Gazel» rusumli avtomobilni boshqarayotib dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab zudlik bilan toʻxtagan.

11:16 26 Iyul 2021
Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 194 million nafardan oshdi

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 194 million 123 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 158 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.

11:11 26 Iyul 2021
Prezident maktablariga 1ta oʻringa 100ga yaqin talabgor toʻgʻri kelyapti

Prezident maktablarida kirish imtihonlarining saralash bosqichiga start berildi. Talabgorlar FaceID tizimidan oʻtib guruh nazoratchilari boshchiligida oʻz joylarini egallashdi

11:07 26 Iyul 2021
Avtomototransportlarni “E-auksion”dagi elektron onlayn-auksion yoʻli bilan ijaraga berishda shartnomalarni notarial tasdiqlash talabi bekor qilinadi

“Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

11:04 26 Iyul 2021
Parkent tumanida soyda choʻmilayotgan ayol samosud qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qizilsoyda choʻmilgan ayol samosud qilindi” sarlavhasi bilan video tarqaldi.

10:59 26 Iyul 2021
Shayxontohur tuman sudi sudyasi vafot etdi

Shayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Ergashov vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar sudi maʼlum qildi.

10:54 26 Iyul 2021
Davlat xizmatlari koʻrsatilishida toʻlovlar boʻyicha imtiyozga ega shaxslarni real vaqt rejimida aniqlash tizimi joriy etiladi

“Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

10:48 26 Iyul 2021
Oʻzbekistonda koronavirus aniqlanganlar haqida maʼlumot berildi

2021-yil 25-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124995 (+705) nafarni tashkil etmoqda.

10:37 26 Iyul 2021
1-yanvardan ID-karta va xorijga chiqish pasporti DXM orqali ham beriladi

“Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi

10:32 26 Iyul 2021
Bozorlardagi asosiy mahsulotlar narxi maʼlum qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini maʼlum qildi

09:57 26 Iyul 2021
Elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi

“Elektron onlayn-auksionni oʻtkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi

09:54 26 Iyul 2021
Oʻzbekistonda “avtomobil tarixi” davlat xizmati yoʻlga qoʻyiladi

Ilk bor “Avtomobil tarixi” davlat xizmatidan foydalanish mumkin boʻladi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

09:16 26 Iyul 2021
Nikita Rafalovich chorak finalga yoʻl oldi

Tokio Olimpiadasida -80kg vazn toifasida taekvondochimiz Nikita Rafalovich nimchorak finalda Dominikan terma jamoasi aʼzosi Moyzes Ernandes bilan jang qildi. Har uchala raundda raqibidan ustunligini isbotlagan Nikita 17:7 hisobida gʻalaba qozonib chorak finalga yoʻl oldi.

09:07 26 Iyul 2021
“Tokio — 2020” : Nigora Tursunqulovada bronza medali uchun umid bor

Kuchli raqibalaridan biri xitoylik Jang Mengyuga qarshi bahs murosasiz kurashlar ostida kechdi. Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach gʻolib qoʻshimcha boʻlimda aniqlandi. Oltin ochko uchun kechgan bahsda xitoylik taekvondochi ustun keldi. Endi Mengyu finalga chiqqan taqdirda hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish...

08:56 26 Iyul 2021
“Tokio — 2020” : bokschimiz Shahobiddin Zoirov chempionlikni himoya qilishga kirishdi

Boks boʻyicha Rio-2016 chempioni Shahobiddin Zoirov (-52 kg) oʻz sovrinini himoya qilishni boshladi. Vakilimiz hozirgina turkiyalik raqibini magʻlub etdi.

08:45 26 Iyul 2021
Namanganda kanalda oqib ketayotgan ayol qutqarib qolindi

Bugun ertalab soat 07:00 lar chamasida odamlar Shimoliy Fargʻona kanalining Yangi Namangan tumani hududidan oʻtgan qismida bir ayol kishi oqib kelayotganini koʻrib qolishadi. Shu hududda xizmat vazifasini olib borayotgan viloyat IIB YHXB boshligʻining oʻrinbosari Shavkat Sodiqov hech ikkilanmay oʻzini suvga...

16:52 25 Iyul 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер