Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 194 million nafardan oshdi
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 194 million 123 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 158 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
- AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda 34,443 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- Ikkinchi oʻrinda Hindiston (31,371 milliondan ortiq),
- uchinchi oʻrinda Braziliya (19,688 milliondan ortiq),
- toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (6,056 milliondan ortiq),
- beshinchi oʻrinda esa Rossiya (6,049 milliondan ortiq).
Dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 845 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring