Toshkentda yoʻlovchi tashuvchi «Gazel» yonib ketdi
Joriy yilning 26-iyul kuni soat 9:10 larda, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasida haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan M.R. 8 nafar yoʻlovchi bilan «Gazel» rusumli avtomobilni boshqarayotib dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sabab zudlik bilan toʻxtagan.
Yoʻlovchilar avtomobildan tushirilgan. Qisqa tutashuvdan soʻng yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Transport vositasiga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring