All

Misrning “Red Sea” aviakompaniyasi Toshkentga birinchi reysini amalga oshirdi

Bugun, 7-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:49 da Misrning “Red Sea Airlines” aviakompaniyasiga qarashli hamda Sharm-ash-Shayx — Toshkent — Sharm-ash-Shayx yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan Boeing 737 samolyoti ilk bor Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi.

15:35 07 Noyabr 2022
Qoʻqonda tibbiy jihozlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi

Qoʻqon shahrida tibbiyot buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Life Import” MCHJ qoʻshma korxonasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

15:31 07 Noyabr 2022
Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati aholiga keng tushuntirilmoqda

Jizzax viloyati hokimligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, olimlar va soha mutaxassislari ishtirokida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

15:30 07 Noyabr 2022
Ummon Sultonligi kompaniyasi Fargʻona viloyatiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda

Oʻzbekistonning Ummon Sultonligidagi elchixonasida “Al Mawakab National Trading & Construction” (MNT) kompaniyasi bosh menejeri Syu Yuxang bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

15:26 07 Noyabr 2022
Chust innovatsion hududida toʻqimachilik sohasiga innovatsiyalar joriy etilmoqda

“Chust brendi” ostida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.

15:23 07 Noyabr 2022
Keksa yoshdagi yoʻlovchilar uchun aviachiptalarga 25 foiz chegirma eʼlon qilindi

Uzbekistan Airways noyabr oyi — “Keksalar turizmi oyi” ekanligi munosabati bilan Uzbekistan Airways ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga 25 foiz chegirmalarni taqdim etdi.

15:16 07 Noyabr 2022
Deputat tashabbusi bilan mahallaga toza ichimlik suvi olib kelindi

Boysun tumanidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xoʻjamqulov har oyda saylovchilar bilan uchrashib, ularning dardu-tashvishlarini tinglab keladi. Aholi muammolarini imkon qadar yechimini topishga harakat qiladi.

15:00 07 Noyabr 2022
Yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari – bolalar ixtiyorida

Samarqand viloyatida bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻliq qamrab olish, ularning zamonaviy shart-sharoitlarda boshlangʻich bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishini taʼminlash chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

14:45 07 Noyabr 2022
Sultonobodlik fermer qulupnaydan naq sakkiz oy hosil oladi

Andijon viloyati Sultonobod shaharchasida yashovchi mirishkor Alijon Mamajonov qulupnayning “Shimoliy” navini mamlakatimiz iqlimiga moslashtirish evaziga yil davomida naq sakkiz oy hosil olishga erishmoqda.

14:40 07 Noyabr 2022
“Abdulla Oripov” filmini suratga olish ishlari AQSHning Texas shtatida davom etadi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olinayotgan “Abdulla Oripov” toʻliq metrajli badiiy-publitsistik filmining Oʻzbekistondagi suratga olish ishlari yakunlandi.

14:30 07 Noyabr 2022
Tarixda ilk bor oʻzbek dzyudochi qizi jahon reytingida peshqadamga aylandi

Boku “Katta dubulgʻa” turniridan soʻng Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.

14:15 07 Noyabr 2022
Moskva va Mineralniye Vodi shaharlaridan Toshkentga uchgan samolyotlar muqobil aerodromga yoʻnaltirildi

Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining Mineralniye Vodi — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha AZ 0681 reysi ob-havo sharoiti, xususan, kuchli shamol va koʻrish imkoniyatining pastligi tufayli Navoiy aeroportiga joʻnatildi.

14:12 07 Noyabr 2022
Ijtimoiy sheriklik istiqbollari: kecha va bugun

Poytaxtimizdagi Toshkent arxitektura qurilish institutida 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuniga bagʻishlab “Ijtimoiy sheriklik istiqbollari: kecha va bugun” mavzuida seminar oʻtkazildi.

14:01 07 Noyabr 2022
Kardiologiya markazi Germaniyaning nufuzli Sharite klinikasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi

Davolash ishlari samaradorligini oshirish, mutaxassislar bilim, malaka va tajribasini yuksaltirishda xalqaro hamkorlikning oʻrni beqiyos.

13:43 07 Noyabr 2022
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir nechta reyslar zaxira aeroportlariga oʻtkazildi — Uzbekistan Airways

Bugun, 2022-yil 7-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways bir nechta reyslarini zaxira aeroportlariga oʻtkazilishini maʼlum qildi.

13:34 07 Noyabr 2022
Buxoroda yer maydonlari savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

13:21 07 Noyabr 2022
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022-y.) qabul qilindi.

13:14 07 Noyabr 2022
9 oyda qancha sut sogʻib olingan? Bunda qaysi hudud yetakchi?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda jami 8,3 mln. tonna sut sogʻib olingan.

11:55 07 Noyabr 2022
Toshkentda kir yuvish kukunlarini qoʻlbola usulda tayyorlab sotish holati fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

11:35 07 Noyabr 2022
Senatorlar mahalla raislariga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatini tushuntirishdi

Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, senator Farhod Boqiyev va senator Farmon Toshev Samarqand shahridagi “Mahalla oʻquv markazi”da boʻlib, ayni kunlarda fuqarolar yigʻinlari raislari bilan uchrashdi.

10:51 07 Noyabr 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер