All

Bulungʻurda Fozil Yoʻldosh tavalludining 150-yilligini nishonlashga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda

Joriy yilda milliy dostonchilik maktabining yirik vakili Fozil Yoʻldosh oʻgʻli tavalludining 150-yilligi nishonlanadi.

16:49 08 Noyabr 2022
Fuqaroga musodara qilingan avtotransport vositasini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

16:35 08 Noyabr 2022
Tadbirkorga 2 milliard soʻmga yaqin kompensatsiya puli undirib beriladigan boʻldi

Jamiyatga tegishli boʻlgan savdo doʻkonining bino-inshootlari Andijon shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilib, buzilganligi sababli kompensatsiya toʻlanmaganini maʼlum qilgan.

16:18 08 Noyabr 2022
Oʻzbekistonning togʻli hududlarida 9-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 9-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

15:58 08 Noyabr 2022
Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan uchrashdi

Uchrashuvda tomonlar sport va jismoniy tarbiya sohasida hamkorlik va tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.

15:49 08 Noyabr 2022
Axborot sohasidagi xizmatlar hajmining 90 foizdan ziyodi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi

Davlat statistika qoʻmitasining maʼlum qilishicha, 2022-yilning sakkiz oyi yakunlari boʻyicha axborotlashtirish sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 1 trln. 174 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

15:44 08 Noyabr 2022
Buxoroda mehnat munosabatlari sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan seminar oʻtkazildi

Gender tenglik, neytrallik tamoyillari, imkoniyati cheklangan shaxslar, norezidentlarning mehnat qilish huquqi taʼminlanadi.

15:41 08 Noyabr 2022
Andijon shahar hokimligi tadbirkorga tovon puli toʻlaydigan boʻldi

Andijon shahrida faoliyat yuritgan “Zangori ekran trade" masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Isroiljon Madragimov shahar adliya boʻlimiga murojaat qilib, jamiyatga tegishli boʻlgan savdo doʻkonining bino-inshootlari Andijon shahar hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgani va buzilgani uchun kompensatsiya toʻlanmaganini...

15:05 08 Noyabr 2022
“Ishga marhamat” monomarkazida xorij tajribasi qoʻllanilmoqda

Hozirgi kunda yoshlar duch kelayotgan muhim muammolardan biri ham mehnat bozoridagi oʻzgarishlar, ularning yangi sharoitlarga moslashib, koʻnikmalarga ega boʻlishidir.

14:50 08 Noyabr 2022
Shamsiddin Vohidov Nyu-Dehli shahrida shaxmat boʻyicha yakunlangan Osiyo qitʼa chempionatini kuchli beshlikda yakunladi

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida shaxmat boʻyicha yakunlangan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov musobaqaning biror partiyasida magʻlubiyatga uchramagan tarzda 6 nafar shaxmatchi bilan bir xil 6½ ochko jamgʻarib, umumiy holatda kuchli beshlikdan joy oldi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. 

14:49 08 Noyabr 2022
Buloqboshida uzum yetishtirishga ixtisoslashgan  mahallalar soni ortmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilda yurtimizda uzum eksporti oʻtgan yilgiga nisbatan ikki barobarga ortdi. Bunday yutuqda tomorqa yer egalarining ham ulushi bor, albatta.

14:41 08 Noyabr 2022
Bogʻchalarda tarbiyalanuvchilarning ilm-fanga qiziqishini oshirishga qoʻshgan hissasi uchun xodimlarga qoʻshimcha haq beriladi

Bogʻchalarda xodimlarning maoshiga bir martalik qoʻshimcha haq ularning erishgan natijalardan kelib chiqib beriladi.

14:34 08 Noyabr 2022
Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan olinishi mumkin boʻlgan sovgʻa qiymatining miqdori belgilanadi

Bunda taqdim etilgan sovgʻalar baholanmaydi va davlat fuqarolik xizmatchisi tasarrufiga oʻtkazilmaydi.

14:27 08 Noyabr 2022
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirishda fuqarolardan hujjatlar toʻplami talab etilmaydi

Bugunga qadar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilingan xodimlarni ishga qabul qilishda 10 ga yaqin hujjat qabul qilingan.

14:03 08 Noyabr 2022
Jizzaxda hokim yordamchisi 2000 dollar pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari davom etmoqda. 

14:01 08 Noyabr 2022
Marhamat tumanidagi klaster laboratoriyasida yangi usulda tut koʻchati undirildi

Maʼlumki, odatda daraxt koʻchati payvandlash yoki urugʻ orqali undiriladi. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Ipak koʻchat” klasteridagi invitro laboratoriyasida esa tirik hujayra orqali koʻchat yetishtirish tajribasi amalga oshirildi. Savol tugʻiladi: buning afzallik jihatlari nimada?

13:37 08 Noyabr 2022
15 ta holatda qariyb 1 mlrd 576 mln soʻmlik qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilgani aniqlandi — “Oʻzyoʻlinspeksiyasi”

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻzyoʻlinspeksiya»ga yanvar-sentyabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan 474 ta murojaat kelib tushgan.

13:31 08 Noyabr 2022
Furqat tumani mahallalarida ichimlik suvi  taʼminoti yaxshilandi

Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi qator mahallalarda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun 28 mlrd. 594 mln. soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan boʻlib, bugungi kunga qadar rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari deyarli yakuniga yetkazildi.

13:28 08 Noyabr 2022
Nega banklarda kredit bilan bogʻliq jinoyatlar koʻpaymoqda?

Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida oʻzgalar nomiga chiqarilgan kreditlarni oʻzlashtirgan bir guruh shaxslarga sud hukmi oʻqildi.

13:15 08 Noyabr 2022
10-11-noyabr kunlari Samarqand shahri Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitiga mezbonlik qiladi

Tadbirda tashkilot doirasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalarini muhokama qilinadi.

13:08 08 Noyabr 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер