All

Ijod maktablarining 3-bosqich imtihonlari 30-iyul kuni 1-smenada boʻlib oʻtadi

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.

18:26 22 Iyul 2023
Oʻzbekiston TIV rahbari Rossiya elchisini qabul qildi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Rossiyaning elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

16:08 22 Iyul 2023
Dzyudochilarimizning Olimpiada yoʻlida eng yirik ochko taqdim qiladigan musobaqada qatnashadigan tarkibi maʼlum

4-6-avgust kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo boʻyicha “Masters” turkumiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi unda ishtirok etadigan sportchilarimiz roʻyxatini eʼlon qildi.

15:35 22 Iyul 2023
Bugun Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik boʻyicha jahon chempionati boshlanadi

Musobaqada dunyoning 158 mamlakatidan tashrif buyurgan 1000 nafardan ziyod qilichboz gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

15:32 22 Iyul 2023
Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich Oqoltin tumani hokimi etib tayinlandi

Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich Oqoltin tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

15:25 22 Iyul 2023
Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shovot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan S.X. jami 350 mln Rossiya rublini fuqaro A.O.ga 44,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

15:18 22 Iyul 2023
Kattalarda tish chiqishini taʼminlovchi preparat yaratildi

Yaponiyaning Kioto va Fukui universitetlari olimlari katta yoshli insonlarda yangidan tish oʻsib chiqishini taʼminlovchi preparat yaratdi.

15:04 22 Iyul 2023
DXX: Yer maydonlarining noqonuniy sotilishiga chek qoʻyildi

Toshkent viloyati Zangiota tumani Davlat xizmatlari markazi xodimi oʻzganing ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali, unga Toshkent tumanida joylashgan va davlat zaxirasida boʻlgan 10 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 24 mln. AQSH dollariga sotib olib berishini aytib, yer maydoniga egalik...

15:04 22 Iyul 2023
Ismatulla Irgashev Rossiyaning Oʻzbekistondagi Elchisi bilan uchrashdi

Suhbat chogʻida Afgʻonistondagi mavjud vaziyat va tomonlarning ushbu yoʻnalishdagi oʻzaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Afgʻonistonga insonparvarlik yordami koʻrsatish muhimligini alohida taʼkidlandi.

14:30 22 Iyul 2023
Oʻzbekistonda 23-iyul kuni havo harorati 40 daraja issiq boʻladi

“Oʻzgidromet” 23-iyul, yakshanba kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi.

14:26 22 Iyul 2023
“Tarix bilimdoni” va “Eng yaxshi harbiy qoʻshiq ijrochisi” koʻrik tanlovi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarning umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, maʼnaviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, gʻurur, iftixor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori masʼuliyat hislarini oshirish bu sohada olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning ustuvor yoʻnalishlaridan...

13:51 22 Iyul 2023
Guliston tumaniga yangi hokim tayinlandi

Mamadaminov Ulmasjon Yarmaxammatovich Guliston tumani hokimi etib tayinlandi.

13:29 22 Iyul 2023
Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP: 10 davlatlar

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar ochiqlandi.

13:27 22 Iyul 2023
Bojxona koʻrigi: noqonuniy tovar-moddiy boyliklar olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi

Yurtimizga tovar-moddiy boyliklarni olib kirishda bojxona toʻlovlarini chetlab oʻtish bilan bogʻliq xatti-harakatlarga bojxona organlari tomonidan oʻz vaqtida chek qoʻyilmoqda.

13:20 22 Iyul 2023
Ibrohim Abdurahmonov Jarqoʻrgʻon tumani paxta dalalarining joriy holati bilan tanishdi

Vazir klaster va fermer xoʻjaliklarining urugʻlik uchun ekilgan paxta dalalari joriy holati oʻrganib, yuqori hosildorlikni taʼminlash, agrotexnik tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirishga oid koʻrsatma va tavsiyalar berdi.

13:19 22 Iyul 2023
Sirdaryo tumanidagi xonadonlardan birida giyohvandlik oʻsimligi yetishtirish bilan bogʻliq holat aniqlandi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan huquq tartibot idoralari vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo tumani hududida giyohvandlik oʻsimliklarini noqonuniy parvarish qilish borasida tezkor tadbir oʻtkazildi.

13:09 22 Iyul 2023
Shahrisabz davlat pedagogika institutining ilk qaldirgʻochlariga diplom topshirildi

Shundan soʻng diplomlar tantanali ravishda oʻz egalariga topshirilib, oq yoʻl tilandi.

13:00 22 Iyul 2023
Respublika ishchi guruhi: xalq roziligi — ustuvor vazifa

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrganish va namunaviy koʻcha, obod xonadon tizimini joylarda tashkil etish hamda aholi bilan muloqot oʻtkazish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

12:58 22 Iyul 2023
Tashrif davomida oʻzbek delegatsiyasi Fransiya TIV bosh kotibi bilan uchrashdiOʻzbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi soʻnggida Fransiya TIV bosh kotibi A.Dekot bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida tomonlar soʻnggi yillarda Fransiya va Oʻzbekiston oʻrtasida faol siyosiy muloqot oʻrnatilganini, ikki tomonlama munosabatlar esa mutlaqo yangicha mazmun kasb etganini taʼkidladi. Bunga ikki davlat rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan konstruktiv va ishonchli muloqot koʻp jihatdan imkon bermoqda. Darhaqiqat, Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 va 2022-yillarda Parijga rasmiy tashriflari ikki tomonlama hamkorlikka alohida dinamizm bagʻishladi, Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarida, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda muhim qoʻshma loyiha va dasturlarni amalga oshirishda yangi sahifa ochib berdi. A.Dekot Oʻzbekistonning mintaqaviy siyosati va uning muhim yetakchi rolini, buning natijasida Markaziy Osiyoda oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilik muhiti shakllanganini, mintaqalararo aloqalar kengayib borayotganini alohida eʼtirof etdi. Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda madaniy-gumanitar sohada hamkorlik qilish muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi. Jumladan, Fransiya tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil noyabrdagi tashrifi chogʻida Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutida oʻtkazilgan koʻrgazmalar Oʻzbekistonning “tashrif qogʻozi”ga aylangani va Fransiya jamoatchiligida katta muvaffaqiyat qozonganini alohida qayd etdi. Shu munosabat bilan tomonlar Samarqandda oʻzbek yoshlari salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Fransiya alyansi filialini ochish imkoniyatlarini muhokama qildi. Qayd etilganidek, Fransiyalik mutaxassislar tomonidan Oʻzbekistonda fransuz tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha oʻquv dasturlari ishlab chiqilgan. Uchrashuv yakunlari boʻyicha Fransiya kompaniyalarining Oʻzbekistondagi loyihalari investitsiyaviy salohiyatini yanada kengaytirish, hamkorlikda madaniy-gumanitar tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, taʼlim sohasida oʻzbekistonlik va Fransiyalik mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbekiston delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi soʻnggida Fransiya TIV bosh kotibi A.Dekot bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

12:53 22 Iyul 2023
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Koreya hamkorligining bugungi kun tartibiga oid keng koʻlamli masalalar, jumladan, turli darajadagi boʻlajak tadbirlar koʻrib chiqildi.

12:46 22 Iyul 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер