Buyuk Britaniya va Fransiya sunʼiy intellektga sarmoya kiritishni kuchaytirmoqda
Xabarlarda aytilishicha, Fransiya va Buyuk Britaniya sunʼiy intellektga yuzlab million dollar sarmoya kiritilishini eʼlon qildi, chunki Yevropa AQSH va Xitoyni quvib oʻtishga harakat qilmoqda.
Unga koʻra, Buyuk Britaniya va Fransiya rahbarlari oʻz mamlakatlarini sunʼiy intellektni tadqiq qilish va rivojlantirish markazlari sifatida koʻrsatish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirishdi. Jumladan, Emmanuel Makron Yevropaning eng yirik texnologik koʻrgazmalaridan biri boʻlgan “VivaTech” koʻrgazmasida soʻzlagan nutqida, Fransiyani “sunʼiy intellekt boʻyicha chempion”ga aylantirish uchun 500 million yevro sarmoya kiritilishini taʼkidlagan.
“Biz bir vaqtning oʻzida tadqiqotlar, innovatsiyalar va kuchli ekotizim qurishni jadallashtirishimiz va tartibga solishda ishtirok etishimiz kerak, uning doirasi imkon qadar keng boʻlishi kerak”, dedi E.Makron.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring