“Bunyodkor”dan gʻalaba, “Soʻgʻdiyona”dan durang

12:46 03 Aprel 2026 Sport
280 0

Kecha, 3-aprel kuni Oʻzbekiston Superligasining 5-turidan oʻrin olgan dastlabki bahslar boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” klubi “Doʻstlik” stadionida “Qoʻqon-1912” klubi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan gollarga nominal mezbonlardan Feycal Mulich va Lyupcho Doriyev mualliflik qildi. “Qoʻqon-1912”ning javob gollari esa Shohruh Gʻadoyev va Shota Gvazava hisobiga yozildi.

Kunning ikkinchi oʻyinida esa “Bunyodkor” klubi oʻz maydonida “Lokomotiv”ni qabul qildi.

Uchrashuv 2:0 hisobida “qaldirgʻochlar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga Bobur Yoʻldoshev va Marko Bugarin mualliflik qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер