Buloqboshida «Uchkoʻcha» tajribasi ommalashmoqda

12:44 04 Iyul 2022 Jamiyat
654 0

Foto: Xalq so‘zi

Andijon viloyatida aholini uydan chiqmagan holda daromad topishga yoʻnaltirish, yaʼni tomorqachilik, chorvachilik, chevarchilik kabi yoʻnalishlarda bandligini taʼminlash borasida oʻziga xos tajriba maktabi yaratildi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bunda har bir mahallaning oʻziga xos shart-sharoiti va imkoniyatlari hisobga olinmoqda. Misol uchun, Buloqboshi tumanidagi «Uchkoʻcha» MFYda uzumchilik hadisini olgan sohibkorlar istiqomat qiladi. Ularning hovlisida yetishtirilgan uzumlarga hatto qoʻshni mamlakatlardan ham xaridorlar bisyor.

—  Mahallamizdagi 480 ta xonadonning har birida uzum yetishtiriladi, — deydi MFY hokim yordamchisi Muhammadyusuf Akbarov. — Bir xonadonda 500 kilogrammdan 15 tonnagacha hosil olinadi. Har bir oila uzum yetishtirishdan yiliga oʻrtacha 15-20 million soʻm daromad topadi. Kimlar uchundir bu qoʻshimcha daromad manbai hisoblansa, ayrimlarning asosiy faoliyat turiga aylangan. Biz shu bilangina cheklanib qolmadik. Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda aholi daromadini yanada oshirishga kirishdik. Buning uchun koʻchalarga soʻritoklar, yaʼni ishkom barpo etdik. Bu yana qoʻshimcha mablagʻ topish imkonini bermoqda.

«Uchkoʻcha»dagi bu tajriba tuman boʻylab keng quloch yoygan. Hozirda Buloqboshida mavjud 11 ta MFYning 40 ta koʻchasida qariyb 10 kilometrdan ziyod uzunlikda ishkomlar yon-atrofga koʻrk bagʻishlab turibdi.

 

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер