Buxorolik tadbirkor ayol okean ortida “Savdo uyi” ochdi

16:33 14 Avgust 2023 Jamiyat
1427 0

Foto: Xalq soʻzi

“Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat boʻlimining aʼzosi Laylo Ravshanova AQSHda “Savdo uyi” ochdi.

— Ishbilarmonlik faoliyatimizni 2010-yili “Sevinch Teks Servis” korxonasini taʼsis etish bilan boshlaganmiz, — deydi L. Ravshanova. — Oʻshanda atigi 10 ta toʻquv dastgohimiz bor edi. Hozirgi kunda ular soni 50 taga yetdi. Paxta tolasidan boʻz ishlab chiqaryapmiz. Yaqinda “Tadbirkor ayol”xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan delegatsiya tarkibida okean ortida biznes safarida boʻldim.

Safarimiz juda mazmunli kechdi. Amerikaning ishbilarmon doirasi vakillari, Filadelfiya meri, Jahon banki vitse-prezidenti va boshqa bir qator masʼullar bilan foydali muloqotlar oʻtkazildi. Shu jarayonda men “STS Tekstile World LLC” deb nomlangan “Savdo uyi”ni ochishga muvaffaq boʻldim.

Shu tariqa Amerika bozoriga ekologik toza mahsulot sanalgan ekosumkalar yetkazib berish yoʻlga qoʻyiladi.

Aytish joiz, “Tadbirkor ayol” xalqaro ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Buxoro viloyat boʻlimining ayni damda ikki ming nafardan ziyod aʼzosi boʻlib, ular bilan samarali faoliyat olib borilmoqda.

 Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер