Buxorodagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi”da 6 mingga yaqin daraxt ekildi
Buxoro viloyatidagi “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” hududida ommaviy daraxt ekish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda viloyat ekologiya boshqarmasi va viloyat hokimligi masʼullari, keng jamoatchilik vakillari, talabalar, yosh eko-faollar ishtirok etdi.

Buxoro tumanidagi “Bogʻidasht” mahalla fuqarolar yigʻini hududida ajratilgan 40 gektar maydonda barpo qilinayotgan bogʻda 6 mingga yaqin daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Shuningdek, bogʻ hududida favvoralar, sport maydonchalari, bolalar oʻyingohi va boshqa obyektlar qurilib, aholining madaniy hordiq chiqarishiga moʻljallangan maskanga aylantirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Buxoro viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2024-yil bahor mavsumida 9 million 700 ming tup daraxt koʻchatlari ekish rejalashtirilgan. Hozirga qadar esa 9 million tupdan ortiq daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring