Buxorodagi klinikada 11 yoshli bolaning oʻlimi yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Avvalroq Buxoro shahridagi xususiy klinikada 11 yoshli bola “proba”siz ukol qilinishi oqibatida vafot etgani haqidaxabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, bolakayning vafot etishi holati yuzasidan tekshirish oʻtkazilgan. Shundan soʻng ish boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari oʻtkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
“Barcha zarur tergov harakatlari oʻtkazilganidan soʻng ish boʻyicha qonuniy toʻxtamga kelinadi”, deb yozadi BP matbuot kotibi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring