Buxoroda Savdo-sanoat palatasi yetakchi mutaxassisi pora olayotganda ushlandi
Buxoro viloyatida Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi pora olayotgan vaqtda qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Savdo-sanoat palatasi xodimi oʻz mansab vakolatidan foydalanib, tadbirkorga mahalliy banklardan biridan 400 ming AQSH dollari miqdorida kredit olishda yordam berishni vaʼda qilgan. Erkak tadbirkordan avvalroq olingan uch ming dollarni qaytarib berayotgan vaqtda qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring