Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 25 mln soʻm toʻlaydigan boʻldi
Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyatida oʻtkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari choʻl hududlaridan saksovul oʻsimliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Olib borilgan reyd tadbirlarda Romitan tumanida tabiatga 6,2 mln soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan va huquqbuzarlik boʻyicha 2 nafar fuqaroga 18,7 mln soʻm jarima belgilandi (jami 24,9 mln soʻm).
Olot tumanida esa tabiatga 5,2 mln soʻm zarar yetkazgan fuqaro M.A.ga 9,4 mln soʻm jarima qoʻllanilgan (jami 14,6 mln soʻm).
Shuningdek, vazirlik bu kabi reyd tadbirlari respublikaning boshqa hududlarida ham davom etayotganini eslatgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring