Buxoroda 430 tonna Ai-80 benzinini ulgurji sotib yuborgan AYQSh aniqlandi

11:15 10 Mart 2025 Jamiyat
278 0

Illyustrativ foto

Buxoro viloyatida 430,7 tonna Ai-80 markali avtobenzinni noqonuniy ravishda ulgurji sotib yuborgan MChJ aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kogon tumanida oʻtkazilgan nazorat tadbirida “Oʻba choʻli” MFYda joylashgan “N.P.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasida neft mahsulotlari sotuvga chiqarilishi boʻyicha noqonuniy holat aniqlangan.

Xusussan, mazkur AYQSh ish faoliyatida boʻlmasada, “Buxoro neft bazasi” MChJdan jami 430,7 tonna (3,7 mlrd soʻmlik) Ai-80 markali avtobenzinni shoxobcha sigʻimlariga tushirilmasdan avtotsisterna orqali ulgurji sotib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan AYQShlarning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер