“Bu bogʻlar bir bogʻlar boʻladi hali!“

10:32 03 Mart 2020 Jamiyat
1459 0

Poytaxtimizdagi 21-sonli Mehribonlik uyida bahor va baxt kuychisi Zulfiyaxonim tavalludining 105-yilligiga bagʻishlangan adabiy kecha oʻtkazildi. Unda oʻqituvchi — murabbiylar, tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda maktab yoshidagi guruhlarga bir nafardan tarbiyachilar biriktirilgani, ular hafta davomida bolalarning qobiliyati va iqtidoriga qarab, turli toʻgaraklarda mashgʻulotlar olib borayotgani haqida toʻxtalib oʻtildi.

-- Turli hayotiy vaziyatlar tufayli Mehribonlik uyiga kelib qolgan 3 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan 129 nafar yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqdamiz, -- deydi Mehribonlik uyi direktori Umida Mamanova. -- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ziyolilar bilan boʻlgan uchrashuvlarda yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish kerakligini taʼkidlab oʻtgandi. Mehribonlik uyimizda tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida turli toʻgaraklarga 100 nafardan ortiq tarbiyalanuvchi qamrab olingan.

Tadbirda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaning  xorijiy tillarga tarjima qilingan sheʼrlaridan oʻqib berishdi. Shoira ijodidan iborat kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

Adiba UMIROVA,
“Xalq soʻzi“.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер