Britaniyalik snayper bir oʻq bilan ISHIDning besh jangarisini yoʻq qildi
Buyuk Britaniya maxsus kuchlari snayperi ISHIDning besh nafar jangarisini 900 metrdan uzoqroq masofadan bir oʻq bilan oʻldirdi.
“Daily Star”ning yozishicha, britaniyaliklar kurd harbiylari bilan hamkorlikda mahalliy qishloqlarga terrorchilarning hujumlariga qarshi kurash olib bormoqda. Navbatdagi harbiy amaliyotda 20 yillik tajribaga ega serjant yaxshi pozitsiyani egallashga muvaffaq boʻladi va jangarilar guruhini aniqlaydi.
Askar jangarilaridan biri xudkushlik kamarini taqib olganiga eʼtibor qaratadi. Maʼlumki, odatda snayperlar boshni nishonga oladi. Bu safar dushman uzoq masofadaligi tufayli snayper tanani nishonga oladi. Oʻq uzilishi natijasida portlovchi moddalar ishga tushdi va birdaniga beshta jihodchi, shu jumladan, guruhning yuqori martabali qoʻmondoni oʻldirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring