Braziliyada yoqqan kuchli yomgʻir oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni 100 nafardan oshdi

02:49 18 Fevral 2022 Dunyo
1392 0

Foto: Reuters

Braziliyada kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida hayotdan koʻz yumganlar soni 104 kishiga yetdi. Halok boʻlganlar orasida sakkiz nafar bola ham bor.

Tabiiy ofatdan eng koʻp zarar koʻrgan Petropolis shahrida qidiruv ishlari davom etmoqda. Unda qutqaruvchilar, politsiya, harbiylar va koʻngillilar ishtirok etadi. Vayronalar ostida qolib ketgan 24 kishini hayoti saqlab qolingan. Yana oʻnlab odamlarning taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda.

Rasmiylar shaharda motam eʼlon qildi va favqulodda holat joriy qildi. Taʼkidlanishicha, bu yerda soʻnggi 90 yil davomida bunday kuchli yomgʻir yogʻmagan. Surunkali yogʻingarchilik tufayli 400 dan ortiq koʻchkilar yuz bergan. Oqibatda yuzlab binolarga jiddiy zarar yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер