Braziliyada norozilik lagerini tarqatish chogʻida 1,2 ming kishi hibsga olindi

22:13 09 Yanvar 2023 Dunyo
1274 0

Foto: Globo

Braziliya xavfsizlik kuchlari norozilik lagerini  tarqatish chogʻida 1,2 ming kishini hibsga oldi.

Braziliyada xavfsizlik kuchlari respublika sobiq prezidenti Jair Bolsonaru tarafdorlari lagerini tarqatish chogʻida 1,2 ming nafar namoyishchilarni hibsga oldi. Bu haqda “Globo” telekanali xabar bermoqda.

«Federal okrug harbiy politsiyasi va armiya dushanba kuni operatsiya oʻtkazdi. Mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9 da boshlangan tadbirda 40 ga yaqin avtobusda norozilik namoyishi ishtirokchilari olib chiqildi», deyiladi telekanal xabarida.

Hibsga olinganlar Braziliya federal okrugining janubiga olib ketilgan.

8-yanvar kuni Braziliya poytaxtida sobiq prezident Jair Bolsonaru tarafdorlari uyushtirgan tartibsizliklar sababli favqulodda holat eʼlon qilingan edi. Taʼkidlanishicha, ular amaldagi hukumat isteʼfosini talab qilgan. Politsiya norozilik ishtirokchilariga qarshi koʻzdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер