Braziliyada 33 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

21:10 31 May 2020 Dunyo
1085 0

Braziliyada oʻtgan sutkada koronavirusni yuqtirgan 33 274 nafar yangi bemor aniqlandi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.

Uch kundirki, Braziliyada virusni yuqtirish boʻyicha kunlik rekordlar yangilanyapti: payshanba kuni — 26 417 ta holat, juma kuni — 26 928 ta holat.

Eng soʻnggi maʼlumotga koʻra, mamlakatda koronavirus kasalligiga chalinganlarning jami soni 501 985  nafarga yetdi va bu salkam yarim million degani.

Sutka davomida vafot etganlar soni ham koʻpaydi va 956 nafarni tashkil etib, pandemiya boshlanganidan beri 28 872 nafarga yetdi. Tuzalganlar — 205 371 nafar.

Eslatib oʻtamiz, Braziliya koronavirusni yuqtirish boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinni, vafot etganlar soni boʻyicha AQSH, Britaniya va Italiyadan keyin 4-oʻrinni egallamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер