Bojxona bojini toʻlashda imtiyozlar berilmoqda

10:04 11 Iyul 2023 Siyosat
448 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda fraksiya aʼzolari mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga dahldor boʻlgan muhim qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar.

Dastlab “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasida bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari qanday tartibda berilishi boʻyicha aniqlik kiritildi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport kiyimlari, ashyolari, oyoq kiyimlari, sport anjomlari, jihozlar hamda uskunalarni Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, olimpiya hamda paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar taklifiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantirilgan roʻyxat asosida davlat hamda nodavlat sport-taʼlim tashkilotlari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun xorijdan import qilinganda bojxona bojini toʻlashda 50 foizga qadar imtiyoz berilishi belgilanmoqda.

Yigʻilishda fraksiya aʼzolari qonun loyihasini koʻrib chiqish chogʻida partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, oʻz fikr-mulohazalarini, taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Uzoq davom etgan savol-javoblardan soʻng, deputatlar qonun loyihasining qabul qilinishi davlat va nodavlat sport-taʼlim muassasalarida olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga erishilishini eʼtiborga olib, uni maʼqulladilar.

Fraksiya yigʻilishida kun tartibiga kiritilgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha koʻrib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер