Boʻstonliqdagi togʻda adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

15:27 26 Avgust 2024 Jamiyat
384 0

Foto: FVV

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi togʻda yoʻldan adashib qolgan fuqarolar qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 25-avgust kuni soat 15:40 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Boʻstonliq tumani Chimyon mahallasi hududidagi Katta Chimyon togʻiga uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Foto: FVV

Xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan. Fuqarolarning hech biri tan jarohati olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер