Boʻstonliqda Media-forum panel sessiyalarida davom etmoqda
Maʼlum qilinganidek, Boʻstonliq tumanidagi “Oltin olma” sihatgohida AOKA tomonidan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida III media-forum boʻlib oʻtmoqda.
Ayni paytda Forum doirasida koʻzda tutilgan turli mavzu va yoʻnalishlarda panel sessiyalarida AOKA hududiy boshqarmalari, shuningdek, axborot xizmatlari rahbarlari oʻz xizmat tajribalaridan kelib chiqqan holda dolzarb mavzularda oʻquv-mashgʻulotlari oʻtmoqda.
Xususan, oʻquv mashgʻulotlarida:
— axborot xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etishda sunʼiy intellekt imkoniyatlari, zamonaviy tendensiyalar;
— Ochiqlikni taʼminlashda rahbar va matbuot kotibi munosabati, murojaatlar bilan ishlash tajribasi;
— Rahbar mediafaolligini oshirishning samarali usullari;
— Axborot xizmati – 2030. Matbuot kotibi –nimaga qanday tayyorgarlik koʻrish kerak?
— Tashkilot brendini shakllantirishda komyuniti-menedjment;
— Tashkilot faoliyatini yoritishda muvaffaqiyatli tomonlar bilan birgalikda kamchiliklarni ijobiy yoritish mexanizmlari kabi zamonaviy medianing muhim mavzulari keng muhokama qilinmoqda.
Maʼlumot uchun: 2 kunlik media forum doirasida, shuningdek, bugun, malakali media mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari ham boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring