Bolalar ombudsmani sodir boʻlgan holatlar yuzasidan rasmiy munosabat berdi
Foto: Illustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda 2009-yilda tugʻilgan, 7-sinf oʻquvchisi D.K. (qiz bola) unashtirilmoqda, degan mazmundagi tarqalgan video yuzasidan, masʼullar tomonidan joyiga borib oʻrganish oʻtkazilganda, qizchaning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tugʻilgan kuni munosabati bilan oʻtkazilgan marosim ekanligi toʻgʻrisida tushuntirish berdilar.
D.K ning ota-onasi qizni turmushga chiqishiga majburlash uchun jinoiy javobgarlik mavjud ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirildilar. Shuningdek, D.K. ning ota-onasi oʻz tushuntirishida videodagi holat toʻy yoki unashtiruv marosimi emasligi va qizini erta turmushga berish niyati yoʻqligi, unga taʼlim berish va shifokor boʻlib yetishishi niyatida ekanliklarini maʼlum qildilar.
Bolalar ombudsmani oʻz nazoratini davom ettiradi.
Toshkent viloyati, Keles shahrida yashovchi K.T. tomonidan uning 2019-yilda tugʻilgan qiz farzandiga nisbatan bolalar bogʻchasida jinsiy tegajogʻlik sodir etilganligi haqida murojaat qilindi.
Bolalar ombudsmani mazkur murojaatni Bosh prokuratura bilan birgalikda oʻrganishi natijasida Keles shahridagi xususiy bogʻchada boʻlgan vaqtida bolaga nisbatan jinsiy tegajonlik qilinganligi yuzasidan 2023-yil 15-dekabrda JKning 129-moddasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va hozirda Toshkent tumani IIB TB tomonidan dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi tergovi viloyat prokuraturasi, Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan hamda Bolalar ombudsmanining bola manfaatlari yuzasidan kuzatuvi ostida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring