Bolalar ombudsmani doʻkonda onasi tomonidan kaltaklangan qiz holati boʻyicha munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda gul doʻkoniga kirib gul soʻragan vaqtida onasi V.A. mast holatda qizi V.I.ni haqoratlab, urgani boʻyicha video xabarlari tarqaldi. Aniqlanishicha, holat Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan doʻkonda yuz bergan. Shu yerda boʻlgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatishgan.
Mazkur holat darhol Bolalar Ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. Hozirda Ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bolalar ombudsmani:
Onasining bunday zoʻravonligidan jabr koʻrgan qizcha Toshkent shahar Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya koʻrsatish markaziga joylashtirildi. Onani esa ota-onalik huquqidan mahrum qilish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Davlat har qanday bolaga nisbatan bunday yoʻl quyib boʻlmaydigan muomilaga murosasiz va bola manfaati ustunligini taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring