Boks: bugun oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlanadi

10:34 02 Mart 2022 Sport
1124 0

Bugun Iordaniya qirolligi poytaxti Amman shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionatiga start beriladi.

Mazkur Osiyo chempionatida qitʼamizning 21 mamlakatidan jami 352 nafar bokschi bahslarda ishtirok etishi maʼlum qilindi. Jumladan, Oʻzbekiston sharafini oʻsmirlar oʻrtasidagi janglarda 25 nafar, yoshlar oʻrtasida esa 24 nafar, jami 49 nafar sportchimiz himoya qiladi.

Musobaqa oʻsmirlar oʻrtasida 2006-2007-yillarda tugʻilganlar, yoshlar oʻrtasida esa 2004-2005-yillarda tavallud topgan bokschilar oʻrtasida tashkil etilmoqda.

Bugun, 2-mart kuni musobaqaning birinchi kun janglariga start beriladi. Unda uch nafar bokschimiz ringga koʻtariladi.

Janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер