BMT Ukrainaning tinchlik va tribunal boʻyicha rezolyutsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etishni rad etdi
Foto: Reuters
BMT Ukrainaning tinchlik va tribunal boʻyicha rezolyutsiyalarini ishlab chiqishda ishtirok etmasligini maʼlum qildi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ukrainaning tinchlik va tribunal boʻyicha rezolyutsiyalari loyihalari ustida ishlashda ishtirok etmaydi. Bu haqda tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik maʼlum qildi.
“Biz rezolyutsiya boʻyicha muzokaralarda ishtirok etmaymiz”, dedi u. Shu bilan birga, rasmiyning taʼkidlashicha, BMTga aʼzo boʻlgan alohida davlatlar bu jarayonda ishtirok etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Emine Japarova mamlakat 2023-yilda BMT Bosh Assambleyasining Rossiya boʻyicha maxsus tribunal tashkil etish boʻyicha rezolyutsiya loyihasini muhokamaga qoʻyishini maʼlum qilgandi.
Uning taʼkidlashicha, mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa ish olib boradi va bu qarorni qabul qilish uchun favqulodda navbatdan tashqari sessiya chaqirilishi mumkin. Shu munosabat bilan diplomat tashkilotga aʼzo mamlakatlarni Kiyev joriy yilda BMT Bosh Assambleyasiga taqdim etmoqchi boʻlgan maxsus mexanizm yaratishni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring