BMT Ukrainada umumiy sulhga erishish imkoniyatlarini koʻrmayapti
Illyustrativ foto
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, Ukrainada umumiy sulhga erishish hozircha imkonsiz koʻrinmoqda.
“Ayni paytda Ukrainada umumiy sulhga erishish mumkin emasdek. Men bunga insonparvarlik nuqtayi nazaridan daʼvat qilaman, ammo buning iloji yoʻqdek koʻrinadi”, — dedi Guterrish gumanitar vaziyatni yaxshilash uchun oʻt ochishni toʻxtatish tartibini oʻrnatishni istisno qilmasdan.
Maʼlumki, 24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR rahbarlarining yordam soʻroviga javoban Donbassni himoya qilish uchun “maxsus harbiy operatsiya” boshladi. Shundan soʻng Rossiya harbiy kuchlari Ukraina hududiga kiritildi.
Bunga javoban Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Koʻplab davlatlar Rossiyaga, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, AQSH Rossiya prezidenti Vladimir Putin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kabi bir qator rasmiylar, shuningdek, tadbirkorlar va jurnalistlarga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring