O‘zbekistonlik yirik tadbirkorlar Xalq ta’limi vazirligi jamoatchilik kengashini tuzish masalasini muhokama qilishda qatnashdi

19:00 10 Iyul 2018 Jamiyat
2690 0
Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Joriy yilning 9 iyul kuni Xalq ta’limi vazirligida jamoatchilik va biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov, vazir o‘rinbosarlari A.Umarov, S.Babaxodjayev, A.Sa’dullayev, jamoatchilik va biznes vakillari Z.Xashimov (Korzinka.uz), N.Akilova (Nestle), X.Mamasaidov (Dekos.uz), U.Ishmuxammedov (IDP IELTS), M.Kasimov (Technoplaza) va B.Arifdjanovlar (Paynet asoschisi) ishtirok etdi.

Kun tartibida Xalq ta’limi vazirligi huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bugungi kunda jamoatchilik fikriga alohida e’tibor qaratilayotgani o‘laroq ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalarni inobatga olgan holda Xalq ta’limi vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashini tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida jamoatchilik kengashi nizomini ishlab chiqishni boshlash va uning faoliyatidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga kelishildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3837-sonli qarorining o‘z vaqtida bajarilishi va uning dolzarbligiga alohida e’tibor qaratildi.

Hozirda ko‘pgina davlat tashkilotlarida jamoatchilik kengashi faoliyat ko‘rsatayotganini inobatga olib, vazirlik rahbariyati tomonidan respublika xalq ta’limi tizimidagi keng qamrovli vazifalar va yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etishda orttirilgan tajriba asosida samarali ish mexanizmini tashkil qilish lozimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер