Bishkek IESda avariya yuz berdi
Qirgʻiziston poytaxtidagi issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz berdi. Qozonxona portlashi oqibatida 5 kishi kasalxonaga yotqizilgan, koʻp qavatli uylarga issiq suv va issiqlik taʼminoti toʻxtatilgan. Barcha maktab va bogʻchalar onlayn taʼlimga oʻtkazildi.
Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda, biroq rasmiylar diversiya ehtimolini istisno qilmayapti. Taʼmirlash ishlarini hisobga olgan holda, avvalgi rejimni tiklash 5-7 kun davom etishi mumkin.
Ayni paytda Bishkekda havo harorati: -4°.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring