Birjada dollar kursi oshdi

15:05 02 Aprel 2020 Iqtisodiyot
1090 0

arxiv foto

Respublika valyuta birjasidagi 2-aprel kungi savdolarda 1 AQSH dollari 18 soʻmga qimmatlashib, 9611 soʻmga yetdi.

1 yevro 77 soʻmga arzonlab, 10518 soʻmni tashkil etmoqda.

Mart oyining birinchi oʻn kunligida dollar kursi birjada 9500 soʻmlik nuqtadan pastga tushib, 9491 soʻmgacha arzonlashib ketgan edi.

Ayni paytda Oʻzbekiston banklarida xarid kursi 9570-9590 soʻm oraliqda (bankomatlarda 9300-9600). Aksariyat banklarda 1 dollar 9650 soʻmdan sotilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер