Bir korxonada ham mebel, ham tibbiy jihozlar tayyorlanmoqda

10:15 11 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
1074 0

Bagʻdod tumanidagi “Bagʻdod mebel” xususiy korxonasi tomonidan chinor, yongʻoq va qayragʻoch daraxtidan 300 turdagi mebel jihozlari tayyorlanmoqda. Eʼtiborlisi, koronavirus pandemiyasi davrida korxona tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalari uchun imtiyozli narxda tibbiy jihozlar yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi.

— 2021-yil yakuniga qadar toʻliq ishga tushirilishi moʻljallangan, faoliyat koʻlamini kengaytirish maqsadida umumiy qiymati 12 milliard soʻm boʻlgan biznes-reja doirasida toʻrt qavatli zamonaviy bino qurilmoqda, — deydi korxona rahbari Akmaldin Dehqonov. — Istiqbolli loyiha asosida qoʻshimcha 250 ta yangi ish oʻrni yaratish hamda korxona mahsulotlarini Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilish rejalashtirilgan.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер