Biologik faol qoʻshimchalarning yashirin aylanmasiga chek qoʻyildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yoʻlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan qiymati 40 mln. 260 ming soʻmlik 117 dona “GALVANIZE” nomli biologik faol qoʻshimchalari hamda sport ozuqalari aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, milliy qonunchiligimizga muvofiq, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish faqat dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring