“Binoda nodir eksponatlar saqlanmagan”. Islom sivilizatsiyasi markazidagi yongʻin oʻchirildi

14:12 19 Avgust 2025 Jamiyat
340 0

Bugun, 19-avgust kuni soat 11:00 larda poytaxtning Olmazor tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosida yirik yongʻin yuz berdi. Markazi axborot xizmati hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, yongʻin binoning tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish ishlari olib borilishida texnologik jarayonni buzilishi oqibatida kelib chiqqan.

FVBga xabar soat 11:11 da kelib tushgan. Yongʻin qutqaruv ekipajlari soat 11:32 da alangani qurshab olib, 11:34 da toʻliq oʻchirgan.

Hodisa oqibatida 19 kvadrat metr binoni tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib, zararlangan.

Bildirilishicha, yongʻin tufayli fuqarolar jabr koʻrmagan va binoning ichki qismi shikastlanmagan. Binoda nodir eksponatlar saqlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxoro shahridagi tarixiy imoratlar yaqinida joylashgan oshxonada yongʻin yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер