Bill Geyts dunyoni terrorizmning yangi turi haqida ogohlantirmoqda
Illyustrativ foto
Pandemiya kelajakda nafaqat tabiiy sabablarga koʻra, balki bioterror hujumlar tufayli ham dunyoga tahdid solishi mumkin.
Ushbu fikrlarni “Microsoft” asoschisi Bill Geyts aytib oʻtdi, deb yozmoqda “The Guardian” nashri.
“Bunday epidemiyalar hozirgi SARS-CoV-2 koronavirus pandemiyasidan jiddiyroq boʻlishi mumkin”, dedi Geyts.
Milliarderning fikricha, kasalliklarga qarshi kurashish uchun insoniyat texnologik taraqqiyotga sarmoya kiritishi kerak: vaksinalarni yaratish va ishlab chiqarishni ancha arzonlashtirish va ularni ishlab chiqaruvchi zavodlar sonini koʻpaytirish.
“Kelajakdagi vaksina oddiy qoʻldagi plastirga oʻxshaydi va pandemiyasiz oddiy vaqtlarda ham foydali boʻladi”, deydi Geyts.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring